Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana12.11.2020
Hajmi0.88 Mb.
#144141
  1   2   3   4   5
Bog'liq
hozirgi zamon psixologiyasida shaxsning rivojlanishi va ijtimoiylashuvi


 

 



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

ZAXIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI 

ANDIJON DAVLAT  UNIVERSITETI 

Qo‘lyozma huquqida 

                                                                         УДК 

Abdukarimova Nafisaxon Qobilovna 

 

Mavzu : HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYASIDA SHAXSNING 



RIVOJLANISHI VA IJTIMOIYLASHUVI 

 

Ixtisoslik: 5A 140802-«Psixologiya» 



magistri akademik darajasini olish uchun 

 

 



 

 

 



 

Ilmiy rahbar: psixologiya fanlari 

                                   nomzodi:                                        dotsent M,Mamajonov. 

 

 



Andijon -2010 yil

 



 

 

 



 

 


 



 



KIRISH. 

1-BOB PSIXOLOGIYADA SHAXSNING RIVOJLANISh MUAMMOLARI. 

1.1  Psixologiyada shaxs tushunchasi. 

1.2  Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar 

1.3  Shaxsning  rivojlanish bosqichlari 



2.BOB PSIXOLOGIYADA SHAXSNING IJTIMOIYLASHUV MUAMMOSI 

2.1  Shaxsning ijtimoiylashuv mexanizmlari. 

2.2  Shaxsning ijtimoiylashtiruvchi omillari 

2.3  Shaxs ijtimoiylashuvida ijtimoiy  intstitutlar roli. 



3-BOB  SHAXSNING RIVOJLANIShI VA IJTIMOIYLASHUVINING O‘ZARO 

NISBATI. 

3.1 Shaxsning rivojlanishida ijtimoiylashuvning o‘zaro nisbati. 

3.2  Qishloq, shahar yoshlarida rivojlanish va ijtimoiylashuvi 

3.3   Qishloq yoshlar shaxsnig rivojlanishi va ijtimoiylashuvidagi tezlashtiruvchi omillar. 

XULOSA 

TAVSIYA 


ADABIYOTLAR RO‘YXATI. 

ILOVA. 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

KIRISh 



Ilmiy tadqiqot ishining  dolzarbligi 

O‘zbekiston respublikasining mustaqillikka erishuvi natijasida jamiyatimizda ijtimoiy-

iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichiga o‘tildi. 

Jamiyatning yangilanishi talim sohasida islohotlar qilinishini, o‘zgartirishlar kiritishni, yangicha 

talim  berish  usullarini,  yangicha  yondashuvni  taqozo  etadi.  Shu  nuqtai  nazardan  soglom, 

mustaqqil  fikrlovchi,  yuksak  ahloqli  va  istedodli  shaxsni  jaxon  andozalariga  mos  ravishda 

dunyoviy  bilimlar  bilan  xam  nazariy,  xam  amaliy      qurollantirish  bugungi  kunning  dolzarb 

masalalaridan  hisoblanadi.  Bunga  vazirlar  Maxkamasining  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonuni,  va 

«Kadrlar tayyorlash  milliy dasturi»  yaqqol dalil bo‘la oladi. 

      O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ilgari surilayotgan 

istiqbol  g‘oyalar,  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  qonun  va  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  mohiyati 

oliy  o‘quv  yurtlarida  zamon  talabiga  javob  bera  oladigan,    yuksak  salohiyatli  xalqaro  ta’lim 

standartlari  bilan  raqobatlasha  oladigan  mutaxasisslar  tayyorlashni  taqozo  etadi.Bu  o‘rinda 

shaxs  va  uning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  takomillashtirish  va  ijtimoiylashuvi  omillarini 

o‘rganish dolzarb muamolardan xisoblanadi.Xo‘sh shaxs tushunchasining moxiyati nimada? 

Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. 

Psixologiya o‘rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson 

ruxiy  olami  qonuniyatlari  bilan  kizikkan  har  qanday  olim  yoki  tadqiqotchi  ham  shaxsning 

ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo‘lgan aloqasi masalasini chetlab utolmagan. 

Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  «Homo  sapiens»-«aqlli  zot»  tushunchasini    o‘zida 

ifoda  etuvchi  jonzotning  paydo  bo‘lganiga  taxminan  40  ming  yildan  oshibdi.  Bu  davrda 

olimlarning e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish. Darvin ta’biri bilan aytganda, 

tabiiy  tanlanish  jarayonida  yer  yuzida  saqlanib  qolgan  minglab  millat  va  elatlarning  keyingi 

davrdagi  taraqqiyoti  ko‘proq  biologik  omillardan  ko‘ra,  ijtimoiy-sotsial  omillar  ta’sirida  ro‘y 

bermoqda.  Shuning  uchun  ham  har  bir  individni  yoki  shaxsni  o‘rganish  masalasi  uning 

bevosita ijtimoiy muhiti va uning ijtimoiy normalari doirasida o‘rganishni taqozo etadi. 

Sotsial  yoki  ijtimoiy  muhit-bu  insonning  aniq  maqsadlar  va  rejalar  asosida  faoliyat 

ko‘rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning 

insoniyat  tajribasi,  madaniyati  va  qabul  qilingan,  tan  olingan  ijtimoiy  hulq  normalari 

doirasidagi  harakatlarida  namoyon  bo‘ladi.  Psixologiya  ilmining  namoyondalari  bo‘lmish 

olimlarning  butun  bir  avlodi  ana  shu  shaxs  va  jamiyat  aloqalari  tizimida  insonning  tub 

mohiyatini  anglash,  uning  rivojlanishi  va  kamol  topishi  qonuniyatlarini  ochib  berish 

yo‘nalishida  izlanishlarolib bormoqdalar. Abu Nasr Farobiy, A. Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi 

yuzlab  Sharq  allomalari  ham  bu    o‘zaro  bog‘liqlikning  falsafiy  va  ijtimoiy  sirlarini  ochishga  

o‘zlarining eng durdona  asarlarini bag‘ishlaganlar. Barcha qarashlarga umumiy bo‘lgan narsa 


 

shu  bo‘lganki,  odamni,  uning  mohiyatini  anglash  uchun  avvalo  uning  shu  jamiyatda  tutgan 



o‘rni  va  mavqeini  bilish  zarur.  Shaxsni  o‘rganishning  birlamchi  mezoni  ham  shundan  kelib 

chiqqan holda, uning ijtimoiy mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‘rni bilan belgilanishi 

kerak. Shu nuqtai nazardan biz o‘z ilmiy tadqiqot ishimizni i   “

 

Hozirgi zamon psixologiyasida 



shaxsning rivojlanishi va ijtimoiylashuvi”   muammolarini  yoritishga qaratdik.  

Ilmiy  tadqiqotning  maqsadi:  Hozirgi  zamon  psixologiyasida  shaxsning  rivojlanishi  va 

ijtimoiylashuvi  muammolarini  nazariy  va  amaliy  taxlil  qilish,  ilmiy  tavsiyalar  ishlab  chiqish 

hamda amaliyotga joriy etish yo‘llarini aniqlash. 

Ilmiy tadqiqotning vazifalari:  

-Mavzuga doir ilmiy, pedagogik-psixologik adabiyotlarni o‘rganish va taxlil etish. 

-Hozirgi zamon psixologiyasida shaxsning rivojlanishi muammolarini nazariy taxlil  qilish  

- shaxs ijtimoiylashuvi muammolarini amaliy taxlil qilish va ilmiy xulosalar olish. 

Ilmiy tadqiqotning ob’ekti–Andijon shaxar pedagogik KXK va andijon tumani maishiy xizmat 

KXK o‘quvchilari.Jami 50ta respondent 

Ilmiy  tadqiqotning  predmeti  Hozirgi  zamon  psixologiyasida  shaxsning  rivojlanishi  va 

ijtimoiylashuvi muammolarini tadqiq etish 



Ilmiy tadqiqotning farazi: Bizning taxminimizcha,   shaxsning rivojlanishi va ijtimoiylashuvi 

ularning  o‘zaro  muloqat  jarayonida  shakllanadi.  -Shaxsning  o‘z-o‘zini  baholashi 

xususiyatlarining  shakllanishida maxsus  yaratilgan shart-sharoitlar,   faol ijtimoiy- psixologik  

tayyorgarlik    usullari,  xususan,  ijtimoiy  treninglar  yetakchi  rol  o‘ynashi  mumkin.  Bunday 

ijtimoiy  omillar  o‘quvchi  shaxsi  ijtimoiy  tasavvurlari  ko‘lamini  kengaytirshi  hamda  ijtimoiy 

ustanovkalarda  mustahkamlanishi  extimol.  Ushbu  jarayonga  aloqador  bo‘lgan    pedagogik-

psixologik  mexanizmlar  -  identifikatsiya,  taqlid,  ta’sirlanish,  o‘rnak  olish,  baxolash  kabi 

xodisalar  bevosita          «ota  -  ona  -  bola»,  «ustoz-shogird»  tizimida  bola  shaxsi  ijtimoiy 

ustanovkalarini rivojlantiruvchi omillar vazifasini bajaradi.  

Ilmiy tadqiqotning metodologik asosini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  shaxsning 

barkamol  bo‘lishi  va  salohiyatini  takomillashtirish  va  ma’naviy  va  ma’rifiy  tadbirlar 

samradorligini  oshirish  borasidagi  Farmonlar,  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonun,  «Kadrlar 

tayyorlashning  milliy  dasturi»dan  hamda  I.A.Karimovning  «Barkamol  avlod  –  O‘zbekiston 

taraqqiyotining  poydevori»,  «O‘zbekiston  buyuk  kelajak  sari»  asarlarida  ilgari    surilgan 

dasturiy  vazifalar,  psixologiya  fanida  qabul  qilingan  ijtimoiy  tasavvurlar  –  shaxs 

ijtimoiylashuvining  psixologik  mexanizmi  va  sababchisidir,  degan  ilmiy  nazariya 

(S.L.Rubinshten,  A.N.Leontev,  A.I.Dontsov  va  boshqalar)  xizmat  qiladi.  Psixologik 

qonuniyatlar, ta’limotlar, tamoyillar ishimizning nazariy asosi bo‘lib hisoblanadi. 

Ilmiy tadqiqotning metodlari 


 

Kuzatish  –  o‘quvchilarning  dars  va  darsdan  tashqari  xulq-atvorlarini,  o‘zlari  va 



o‘zgalarga  nisbatan  munosabatlari  hamda  ma’naviy  qadriyatlarning  faol  muloqot  jarayonida 

namoyon  bo‘lishini  aniqlash,  qayd  qilish  maqsadida  qo‘llanildi.Anketa  –  o‘quvchilardagi 

ijtimoiy  munosabatlar  asosidagi  ijtimoiy    tasavvurlari  va  tushunchalari  mazmunini  aniqlash 

maqsadida  ularning  ijtimoiylashuvi  jarayonini  maxsus  tarzda  ishlab  chiqildi.Testlar  –ijtimoiy 

xulqning eksperimentgacha va eksperimentlardan keyingi holatlarini  aniqlash, ular shaxsidagi 

yaqqol  fazilatlar  va  sifatlarda  ko‘rinishini  qayd  etish  va  o‘lchash  uchun  T.Lirining  «Xarakter 

xususiyati»,  T.Pashukorning  «Shaxs  egotsentrizmi»,  Ch.Oskudaning  «Semantik  differensial» 

Testlarini  mahalliy  sharoitga  moslashtirilgan  shakllari  tadbiq  etildi.Psixologik-pedagogik 

eksperiment–o‘zgartiruvchi  tadqiqot  oldidan  va  uning  jarayonidagi  shaxs  tasavvurlarida 

o‘zgarishlarni  qayd  etish  va  shakllangan  ijtimoiylashuvi  hamda  adaptiv  sifatlarni  tarkib 

topishining  o‘ziga  xosligini  aniqlash  maqsadida  o‘tkazildi.Olingan  ma’lumotlarning 

ishonchliligini ta’minlash va qiymatini hisoblab chiqarish uchun matematik statistik usullardan 

foydalanildi. 

Ilmiy  tadqiqotning  nazariy  ahamiyati  shundaki,  unda  to‘plangan  va  tadqiq  etilgan 

ma’lumotlar  Ijtimoiy  psixologiya,  muloqat  psixologiyasi,  pedagogik  psixologiya, 

axloqshunoslik, ma’naviyat va ma’rifat asoslari. Etika va estetika darslarini muhim yangiliklar 

bilan  boyitadi,  shaxslararo  munosabatlarning  ijtimoiylashuv  jarayonidagi  shaxsning 

tasavvurlarini  shakllantiradi  va  ularning  shaxs  ma’naviy  fazilatlarini  shakllantirishdagi 

ahamiyatini  ilmiy  dalillar  bilan  boyitadi  hamda  shaxs      qadriyatlarining  ahamiyatini  yanada 

oshiriladi. Tadqiqotda o‘z isbotini olgan ilmiy  farazlar psixologiyada ijtimoiy tasavvurlarning 

shaxs  ijtimoiy  xulqi  motivlarini  va  uning  namoyon  bo‘lish  shart-sharoitlarini  o‘rganishda 

metodologik g‘oya va ilmiy-psixologik mexanizm sifatida e’tirof etilishini ta’minlaydi hamda 

ta’kidlaydi. 



Ilmiy tadqiqotning yangiligi. Tadqiqotning ilmiy qiymati va yangiligi shundaki, unda: 

a)  birinchi  marta  maqsadli  ijtimoiylashuv  muammolari  bo‘yicha  olingan  ilmiy  tajriba 

natijalarini  qiyosiy  taxliliva  o‘tkazilgan    tadbirlar  yoshlarga  ijtimoiy  ta’sir  vositalari  sifatida 

ular  psixikasi  va  ijtimoiy-ma’naviy  tasavvurlariga  ta’sir  etuvchi  mexanizmlar  sifatida  qaraldi 

va ularning o‘zgarish omillari ilmiy jihatdan o‘rganildi; 

b) to‘plangan ma’lumotlar yoshlarning o‘zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishishi orqali 

ijtimoiy  ustanovkalarni  shakllantirishi  va  shu  asosda        shaxs  ijtimoiylashuvidagi  ko‘plab 

madaniy-ma’rifiy  tadbirlarning  asosi  va  negizini  tashkil  etishi  mumkin  bo‘lgan  g‘oyani  – 

milliy  an’analar  va  rasm-rusmlarning  xalq  ma’naviy  qadriyatiga  aylanib  qolgan  qismining 

mazmunini  aks  ettirishi  va  ulardan  yaqqol  vaziyatlarda  samarali  foydalanish  yo‘llari 

ko‘rsatildi. 


 

v)  tadqiqot  birinchi  marta  shaxsda  rivojlanishidagi  asosiy  omillar  va  ularning 



ijtimoiylashuvidagi  kommunikativ  aloqalarni  rivojlantirilishini  ta’minlovchi    ma’naviy 

tushuncha va tasavvurlarni tadqiqotning predmetiga aylantirdi va mazkur tasavvurlarning aniq 

shaxslar  va  guruhlardagi  ma’naviy  fazilatlarda  shaxs  ijtimoiylashuvining    namoyon  bo‘lishi 

qonuniyatlarini ochib berdi. 



Ilmiy  tadqiqotning  amaliy  ahamiyati  quyidagilarni  tashkil  qiladi:  Unda  to‘plangan 

ilmiy dalillar, xulosalar va tavsiyalar  shaxs rivojlanishi va ijtimoiylashuvi muammolarini taxlil 

qilish  imkoniyaini  yaratishga  va    ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  samaradorligini  oshirishga  ilmiy 

asos  bo‘ladi;  Tadqiqotning  xulosalari  nodavlat,  jamoatchilik  tashkilotlari  ishlarini  tartibga 

solish, Shaxslararo munosabatlar va ijtimoiy muxit ta’siri asosida shaxsning ijtimoiylashuvini 

ta’minlash va bu usullardan   ularda oqilona foydalanish imkonini beradi;Maktab, kasb-xunar 

kollejlari,  akademik  litsey  o‘quvchilarini  ta’lim  jarayonida  va  darsdan  tashqari  faoliyatlarini 

omilkorona  tashkil  etishda  va  ularning  dunyoqarashlarini  shakllantirishda  muhim  ahamiyat 

kasb etadi;Har bir maqsadga  yo‘naltirilgan  shaxs faoliyatini natijasi uning tevarak atrof bilan 

o‘zaro  muloqatini  takomillashtirish  orqali  shaxsning  ijtimoiylashuvi  ta’minlanadi.  Amaliy 

psixologlar  uchun  maktab  va  yangi  turdagi  o‘quv  maskanlarida  o‘quvchi  yoshlar  shaxsini 

o‘rganish  va  ularning  jamoadagi  o‘z  o‘rnini  topishi,  o‘z  dunyoqarashini  to‘g‘ri  shakllantirish 

borasida  adaptiv  xislatlarni  shakllantirish  va  rivojlantirish  yo‘lida  maqsadli  tadbirlardan  o‘z 

o‘rnida samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi. 



 

 

 

 

 

 

Himoyaga olib chiqiladigan holatlar: 

  Shaxsning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar va ularning amaldagi holati. 



  Shaxs    fazilatlari,  uni  o‘rab  turgan  ijtimoiy  muhitdagi  ijtimoiy  munosabatlar 

ta’sirida ijtimoilashuvning rivojlanishi. 

  Shaxsning  rivojlanishi  va,  undagi  shaxslararo  munosabatlar,  muloqotning 



mazmun va mohiyatiga bog‘liqligi , 

  bu  fazilatlarga  shaxs  mansub  millatning  ruhiyati,    uning  ijtimoitsylashuviga 



ta’sii. 

  Ijtimoyilashuv jarayoni shaxsga xos bo‘lgan tushuncha va tasavvurlarning hosil 



bo‘lishi  va  shakllanishi  boshqariladigan  va  o‘zgaruvchan  jarayon  bo‘lib,  ular 

shaxsga  maqsadli  tarzda  ta’sir  etiladigan  ijtimoiy  omillar  sifatida  qayd 



 

etiladi.Ijtimoiylashuv  shakllanishi uchun eng qulay holat bu o‘zaro muloqat va 



ijtimoiy  muxit  bo‘lib,  unda  shaxsning  bevosita  ijtimoiy  muloqoti  xarakterini 

belgilovchi  barcha  ijtimoiy  omillarning  maqsadga  yo‘naltirilganligi  muhim  rol 

o‘ynaydi. 

Tadqiqot natijalarining ilmiy – amaliy sinovi. 

Ilmiy-tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalarning asosiy qismi respublika ilmiy-amaliy 

anjumanida,    psixologiya  kafedralari  ilmiy-uslubiy  seminarlarida  muhokama  qilindi.  Tajriba 

kasb  xunar  kollejlarining  pedagogik  kengashida  muxokama  etildi    hamda  dissertatsiyaning 

chop etilgan ishlarida bayon etilgan. 

Dissertatsiyaning  tuzilishi.  Dissertatsiya  kirish,  3  bob,9ta  bo’liv,  xulosa,  tavsiya  va 

foydalanilgan  adabiyotlarning  ro‘yxatidan  iborat.  Dissertatsiyaning  yakunida  ilovalar 

kiritilgan. 

 

 



 

 

 



1-BOB. PSIXOLOGIYADA SHAXSNING RIVOJLANISH MUAMMOLARI. 

1.1  Psixologiyada shaxs tushunchasi. 

Mustakillikka erishgan O’zbekistonda kelajagi buyuk davlat kurayotgan ekanmiz, uning 

faol  kuruvchisi  bulgan  shaxsning  psixologiyasi  masalalarini  urganish  va  ishlab  chikish  goyat 

katta  axamiyatga  egadir.  Bu  masalani  urganish  yangi  kishini  kamol  toptirish  nazariyasi  va 

praktikasi ilmiy jixatdan ishlab chiqishda muxim o‘rin tutadi.  

    Shaxs  ijtimoiy  munosabatlar  sistemasining,  ijtimoiy  xayotning  ko‘p  qirrali,  murakkab 

zvenosidir. U bir tomondan ijtimoiy – tarixiy taraqqiyotning maxsuli bo‘lsa, ikkinchi tomondan 

ijtimoiy taraqqiyotni ta’min etuvchidir.  

    Biz psixologiyani o‘rganar ekanmiz, individ, shaxs, individuallik tushunchalarini bir-biridan 

farq  qilishmiz    kerak.  Odamning  inson  jinsiga  mansubligi  inivid  tushunchasi  bilan 

ifodalanadi.Biz  katta  yoshdagi    normal  odamni  xam,  chakalokni  xam,  tilni  va  oddiy 

malakalarni uzlashtira olmaydigan telalarni xam individ deb atay olamiz. Biroq bulardan fakat 

birinchisigina  shaxs,  ijtimoiy  mavjudot  xisoblanadi.  Ijtimoiy  munosabatlarga  kirishuvchi  va 

ijtimoiy  tarakkiyotda  faol  ishtirok  etuvchi  odamgina  shaxs  deb  ataladi.  Individ  sifatida 

dunyoga kelgan odam keyinchalik shaxsga aylanadi. 

Shaxs jamiyat a’zosidir. U ommaning sinfning ajralmas kismidir. U omma bilan xarakatlanib 

tarixni yaratadi. Shaxs ijtimoiy boyliklar yaratuvchidir.  


 

    Shaxsning  shaxs  bo‘lishligi  uchun  u  faollikka  xam  ega  bo‘lishi  kerak.  Chunki  faoliyatdagi 



faollik  shaxsning  muxim  belgisidir.  Faollik  xamisha  yaxshi  yashashga  yo‘naltirilgan  bo‘ladi. 

Kishi  yaxshi  yashashi  uchun,  jamiyatni  rivojlantirish  uchun  ataylab  faollik  ko‘rsatadi.  Bu 

shaxsning onglilik belgisidir.  

   Shaxsning  xarakterli  belgilaridan  biri  individuallikdir.  Individuallik  xar  bir  shaxsning 

o‘zigagina  xos  bo‘lgan,  takrorlanmaydigan  shaxsdir.  Individuallik  kishining  xarakteri, 

temperamenti,  psixik  kechinmalarining  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  xissiyoti  va  faoliyatining 

motivlarida ko‘rinadi. Ana shunga ko‘ra kishilar bir-birlaridan farq qiladilar. Dunyoda qancha 

odam  bo‘lsa,  shuncha  individuallik  mavjuddir.  Xech  kim  bir-birini  o‘rnini  bosa  olmaydi. 

«O‘nta bo‘lsa, o‘rni boshqa» maqoli individuallikka xam nisbatan aytilgandir.  

   Shaxs tushunchasi qadimdan mavjud bo‘lib, u dastlab aktyor niqobi, keyinchalik esa aktyor 

ma’nosini  anglatgan.  Chunki  saxnadagi  ko‘rinish  o‘zgarishi  bilan  aktyor  maskasi  xam 

o‘zgargan. Bundan tashqari, kishi turli sharoitda o‘z qiyofasini o‘zgartirishi va o‘zini bir necha 

xil qilib ko‘rsatishi xam mumkin. Kishi artist kabi turli rollarni bajarishi mumkin.  

    Shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlarining birikmasi xar bir konkret 

odamda barqaror birlikni tashkil etadi, bu esa shaxs psixolgik tuzilishining nisbatan doimiyligi 

deb qaralishi mumkin. Psixik xolatlar doim o‘zgarib tursa  xam, xar turli ijtimoiy guruxlarda va 

xar xil xayotiy vaziyatlarda odam o‘z zimmasiga olgan rollari bilan boђliq xolda xulq – atvori 

o‘zgarib tursa xam, yoshning o‘zgarib borishi va xokazolari bilan boђlik bo‘lgan o‘zgarishlar 

sodir bo‘lsa xam shaxsning psixik qiyofasi ma’lum darajada barqaror bo‘lib qolaveradi.  

Ma’lumki,  shaxs  muammosi  umumiy  psixologiyada  ham,  yosh  psixologiyasi  va 

pedagogik  psixologiyada  ham,  differensial,  huquqiy  psixologiya  va  psixologiyaning  qator 

maxsus bo‘limlarida ham o‘rganiladi. Har bir bo‘lim yoki tarmoq uni o‘z mavzui va vazifalari 

nuqtai  nazaridan  shaxsga  taalluqli  bo‘lgan  muammolarni  yoritadi.  Masalan,  umumiy 

psixologiya  shaxsni  psixologik  faoliyatning  mahsuli,  alohida  psixik  jarayonlarning  egasi  deb 

hisoblasa,  sotsiologiya  uni  ijtimoiy  munosabatlarning  ob’ekti  deb  qaraydi.  Har  birimizning 

jamiyatdagi o‘rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo‘lgani, jamiyatga qo‘shilib 

yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning muhim vazifalaridan biridir. 

Shaxsning  barkamolligi  ko‘p  jixatdan  uning  aqliy  rivojlanishi  va  ma’naviy  jixatdan 

shakllanganlik  darajasiga  bog‘lik  bo‘ladi.    Ijtimoiy  jamiyatda    inson  zotiga  xoslik  masalasi 

individ,  shaxs,  individuallik  tushunchalari  orqali  aks  ettiriladi.  Katta  yoshdagi  ruhiy  sog‘lom 

odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‘q, oddiy malakalarni o‘zlashtira olmaydigan aqli zaiflar 

ham  individlar  deb  ataladi.  Biroq  bulardan  birinchisigina  shaxs  deb  atash  an’ana  tusiga  kirib 

qolgan,  chunki  o‘sha  zotgina  ijtimoiy  mavjudot,  ijtimoiy  munosabatlar  mahsuli,  ijtimoiy 

taraqqiyotning  faol  qatnashchisi  bo‘la  oladi.  Individ  sifatida  yorug‘  dunyoga  kelgan  odam 



 

ijtimoiy  muxit  ta’sirida  keyinchalik  shaxsga  aylanadi,  shuning  uchun  bu  jarayon  ijtimoiy-



tarixiy xususiyatga egadur.  

 

Shaxsning  eng  muxim  xususiyatli  jixatlaridan  biri  –  bu  uning  individualligidir,  ya’ni 



yakkaxolligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror 

birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, xolatlar, 

xodisalar,  xukmron  xususiyatlar  yig‘indisi,  iroda,  faoliyat  motivlari,  inson  maslagi, 

dunyoqarashi,  iqtidori,  har  xil  shakldagi  reaksiyalar,    qobiliyatlari  kiradi.  Psixik 

xususiyatlarning  birikmasini  aynan  o‘xshash  tarzda  aks  ettiruvchi  inson  mavjud  emas. 

Masalan;  yaqin  odamdan  ayrilganligi  qayg‘u-alam,  uning  bilan  birga  esa  hayotda  tiklab 

bo‘lmovchi  va  boshqalarda  takrorlanuvchi  fazilatlar  murakkab  voqelikning  mangulikka 

yo‘nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o‘zining qadr qimmatini va nuqsonlari bilan ijtimoiy 

turmushda  faol  ishtirok  qilish,  ta’lim  va  tarbiya  yordamida  yuzaga  kelgan  o‘zining  kuchli  va 

kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir.  

 

Yuqorida  ta’kidlab  o‘tilgan  ilmiy  muammolardan  birinchisi  bir  shaxsni  boshqa 



odamlardan  ajratib  turadigan  individual  tuzilishiga  ega    ekanligidir.  Ushbu  yaqqol  psixologik 

muammolarni hal qilish shaxsning mazkur tuzulishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulq-

atvorni oldindan bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Mazkur masalaning qo‘yilishi dastavval 

ta’lim  va  tarbiya  extiyojlaridan,  tashkilotchilikka  oid  faoliyat  soxalari  va  boshqa  extiyojlar 

zamiridan  kelib  chiqadi.  Lekin  bu  masala  ilmiy  asosda  hal  qilish  boshqa  muammoni,  ya’ni 

shaxsni  toifalarga  ajratish  uning  eng  muhim,  mukammal  tuzilishini  aniqlash  bilan  bog‘liqdir. 

Darxaqiqat,  shaxs  tipologiyasi,  shaxsni  tipologik  tahlil  qilishning  eng  nozik,  ibratli  jihatlarini 

cheklab  o‘tish,  u  xaqida  yetarli  darajada  to‘la  tasavvurga  ega  bo‘lishni  hohlasak,  uning  eng 

umumiy tasvirini umumlashgan tarzda ta’kidlab o‘tish lozim. 

 

Shaxs tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning bir qancha 



tarkibiy  qismlarga  ajratishni  taqazo  etadi.  Binobarin,  ushbu  bo‘laklarning  yig‘indisi  yaxlit 

inson  shaxsini  vujudga  keltiradi.  Jahon  psixologiyasi  fanida  psixologlar  shaxsni  psixologik 

tuzilishning  tarkibiy  qismlarini  turli  mohiyatiga  asoslanib  turkumlarga  ajratishni  tavsiya 

etganlar.  

 

Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik va ijtimoiy omilning, voqelikning ta’siri 



ostida  shakillangan  inson  shaxsida  ikkita  muhim  qism  bo‘lganligini  tasdiqlovchi  nazariya 

yuksak  mavqeni  egallab  turibdi.  Mazkur  nazariyaga  binoan  “ichki  psixik”  (“endopsixik”  – 

yunoncha  “endo”  ichki  degan  ma’noni  bildiradi)  qismlarga  ajratiladi,  degan  g‘oyani  ilgari 

suriladi.  Ushbu  talqinga  ko‘ra  “endopsixika”  shaxsning  psixik  tuzilishining  ichki  qismlari 

sifatida  psixik  elementlar  va  funksiyalarining  o‘zaro  bog‘liqligi  aks  ettiriladi.  Uning  negizida 

insonning  nerv  psixologik  tuzilishi  bilan  “endopsixik”  aynan  bir  narsa  degan  tushunchani 

tasdiqlash  yotadi,  go‘yoki  u  odam  shaxsning  ichki  mexanizmini  yuzaga  keltiradi.  Psixik 


 

10 


tuzilishning  “ekzopsixik”  qismi  bo‘lsa  shaxsning  tashqi  muxitiga  nisbatan  munosabatini 

shaxsga  qarama-qarshi  bo‘lgan  barcha  jihatlarini  shaxslararo  va  ob’ektiv  munosabatini 

belgilaydi.  

“Endopsixika” o‘z navbatida shaxsning ta’sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish 

jarayonlarining  xususiyatlarini  irodaviy  zo‘r  berish  xislatlarini,  ixtiyorsiz  xarakatlarni  va  shu 

kabi  fazilatlarni  aks  ettiradi.      “Ekzopsixika”    esa  o‘z  tarkibida  shaxs  munosabatlarining 

tizimini  va  unining  qiziqishlari,  mayillari,  ideallari,  maslagi,  ustunlik  qiluvchi,  xukmron 

xissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni va shu singarilarni qamrab oladi. Tabiiy omilga 

ega  bo‘lgan  “endopsixika”  biologik  shart-sharoitlargi  bog‘liqdir  aksincha  “ekzopsixika” 

ijtimoiy voqeliklar ta’siri ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi.  

 

Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog‘liq degan nazariyaning namayondalari 



bo‘lmish xozirgi zamon uzoq chet el psixologlari oqibati natijasida shaxsning tuzilishini o‘sha 

ikkita  asosiy  omillarga  ya’ni,  biologik  va  ijtimoiy  voqeliklarning  ta’siriga  bog‘liq  bo‘lgan 

tuzilishining  mavjudligidan  manfatdordirlar.  Ob’ekt  –  sub’ekt  munosabatini  belgilaydi.

 

Psixologiya  yo‘nalishida  keskin  qayta  qurish  jadal  suratlar  bilan  davom  etayotgan  bir 



davrda  yuqorida  tahlil  qilingan  qo‘sh  omillik  konsepsiyasiga  qanday  munosabatda  bo‘lish 

maqsadga muvofiq. 

Ta’kidlab  o‘tilgan  fikrlarni  tasdiqlash  maqsadida  ular  o‘tkazgan  tajribalariga  murojat 

qilamiz. Qo‘sh omillik nazariya tadqiqotlari tajribalarida 80-130 sm balandlikdagi odamlarning 

shaxs xislatlarini tarkib toptirish o‘rganilgan. Buning natijasida ular shaxsning tuzilishida ko‘p 

xislatlari  o‘xshashligi  topilgan.  Bunday  odamlarning  bo‘yi  past  bo‘lishlaridan  tashqari  xech 

qanday  nuqson  va  kamchilik  yo‘q  ekanligi  aniqlangan.  Bunday  toifaga  kiruvchi  kishilarda 

bolalarga  xos  kulgini,  hech  bir      tanqidsiz  optimizmni,  o‘ta  soddalikni,  muayyan  darajada 

hissiy  zo‘riqishni  talab  qiladigan  vaziyatga  nisbatan  chidamlilikni,  uyat  hissining  kamroq 

ekanligining  uchratish  mumkindir.  Shaxsning  xolatlariga  na  “endopsixika”  na  “ekzopsixika” 

qismlarini  kiritish  mumkin  emas.  Chunki  shaxsning  sifatlari  mitti  odamlarning  psixik 

xususiyatlarining  mahsuli  bo‘lib,  ular  bo‘yicha  nisbatan  o‘z  tengqurlari  o‘rtasida  farq 

aniqlangan davrdan e’tiboran shunday bir ijtimoiy  vaziyatda paydo bo‘lishi, tarkib topishning 

takomillashishi tabiydir. 

 

Shaxs  muammosini  dialektik  materializm  pozitsiyasida  turib  ximoya  qiluvchi  sobiq 



sovet  psixologiyasi  va  boshqa  taraqqiyparvar  yo‘nalish  vakillari  shaxsning  faolligi  tevarak 

atrofdagi olam bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabat jarayonida faoliyat vujudga kelishi mumkin 

degan  ta’limotga  asoslanadi.  Shaxsni  faolligining  manbai  uning  ehtiyojlari  hisoblanib,  xuddi 

shu ehtiyojlar odamni muayyan tarzda va ma’lum yo‘nalishga harakat qilishga undaydi. Xuddi 



 

11 


shu boisdan ehtiyoj shaxs faolligining manbai sifatida yuzaga keladi va uning yaqqol turmush 

sharoitiga bog‘liqligini aks ettiruvchi holatdir.  

 

“Shaxs”  tushunchasi  psixologiyada  eng  ko‘p  qo‘llaniladigan  tushunchalar  sirasiga 



kiradi. Psixologiya o‘rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. 

Inson  ruhiy  olami  qonuniyatlari  bilan  qiziqqan  har  qanday  olim  yoki  tadqiqotchi  ham 

shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo‘lgan aloqasi masalasini chetlab o‘tolmagan. 

Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  “Homo  sapiens”  –  “aqlli  zot”  tushunchasini  o‘zida 

ifoda  etuvchi  jonzotning  paydo  bo‘lganiga  taxminan  40  ming  yildan  oshibdi.  Bu  davrda 

olimlarning  e’tirof  etishlaricha,  16  ming  avlod  almashgan.  Ch.Darvin  ta’biri  bilan  aytganda, 

tabiiy  tanlanish  jarayonida  yer  yuzida  saqlanib  qolgan  minglab  millat  va  elatlarning  keyingi 

davrdagi  taraqqiyoti  ko‘proq  biologik  omillardan  ko‘ra,  ijtimoiy  omillar  ta’sirida  ro‘y 

bermoqda.  Shuning  uchun  ham  har  bir  individni  yoki  shaxsni  o‘rganish  masalasi  uning 

bevosita ijtimoiy muhiti va uning ijtimoiy normalari doirasida o‘rganishni taqozo etadi. 

Ijtimoiy  muhit  –  bu  insonning  aniq  maqsadlar  va  rejalar  asosida  faoliyat  ko‘rsatadigan 

dunyosidir.  Mazmunan  har  bir  insonning  shu  ijtimoiy  olam  bilan  aloqasi  uning  insoniyat 

tajribasi,  madaniyati  va  qabul  qilingan,  tan  olingan  ijtimoiy  xulq  normalari  doirasidagi 

harakatlarida namoyon bo‘ladi. 

Demak,  har  bir  shaxsning  fe’l-atvorida  atrofdagi  do‘stu-yorlari,  oilasi,  tarixiy  zamon, 

davr, davlat tuzumi va o‘sha jamiyatdagi siyosat, iqtisodiyot va mafkuraning ta’siri bo‘lib, bu 

ta’sir  uning  yaxlit  dunyoqarashi,  fikrlash  tarzi,  tafakkurida  o‘z  aksini  topadi.  Bunday 

ta’sirlarning ikki xili farqlanadi: 

 

makro  bosqichdagi  ta’sirlar,  ya’ni  keng  ma’nodagi  ijtimoiy-ma’naviy,  siyosiy 



hamda iqtisodiy muhit ta’sirlari; 

 

mikro  bosqichdagi  ta’sirlar,  yoki  odamni  bevosita  o‘rab  turgan  muhitdagi 



ijtimoiy  muloqot  va  muomaladan  ta’sirlanishi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  bunday  ta’sirlarni 

shaxs  bevosita  oila  muhiti,  ta’lim  muassasalari,  mahalla-kuy,  mehnat  jaoasidagi  hamda 

do‘stlari davrasidagi mulolqotlardan oladi. 

Bir  qarashda  ikkinchi  bosqich  ta’sirlarigina  shaxsning  insoniy  qiyofasi  hamda  fe’l-

atvorini belgilaydiganday tuyuladi. Chunki xalqimizda “qush uyasida ko‘rganini qiladi”, degan 

naql  ham  bor.  Ayniqsa,  bizning  “o‘zbekchiligimiz”da  odamning  tug‘ilib  o‘sgan  oilasi, 

mahallasi, kimning avlodi-yu, kimning zurriyodi ekanligi, ta’lim olgan dargohiga katta e’tibor 

beriladi. Ko‘pincha xalqda: “Hovli olma, qo‘shni ol”, degan maqol ham ishlatiladiki, bu ham 

farzandlar  kamoli  va  oilaning  tinchligida  yon-atrofning  ahamiyatiga  ishoradir.  Lekin  makro 

bosqichdagi  ta’sirlarning  ahamiyatini  kamsitish  ham  to‘g‘ri  bo‘lmaydi.  Masalan,  sho‘rolar 

tuzumi jamiyat a’zolarini mute, manqurt, ihlossix, tobe, ma’lum bir ma’noda iymonsiz bo‘lib 


 

12 


qolishiga  sababchi  bo‘ldi.  Chunki  bunga  asosan  o‘sha  muhitdagi  nosog‘lom  e’tiqodlar, 

g‘ayriinsoniy  tashviqotlar,  inson  qadrini,  uning  mehnatini  yerga  uruvchi  iqtisodiy  siyosat 

(hamma  bir  xil  turmush  tarziga  ega  bo‘lishi,  “ishlamasa  ham  tishlayverish”),  kommunistik 

mafkura  sabab  bo‘ldi.  Tarixdan  shu  narsa  ma’lumki,  qaysi  davlat  va  jamiyat  tarixida 

bosqinchilik  siyosati  yurgizilgan  bo‘lsa,  o‘sha  jamiyat  odamlari  psixologiyasida  tobelik, 

diyonatsizlik, ixlossizlik ustun bo‘lavergan. 

Mustaqillik psixologiyasi shundayki, unda har bir shaxs o‘zining erkin mehnati bilan o‘zi 

va  o‘zgalar  manfaati  haqida  birday  qayg‘uradi,  chunki  har  bir  shaxs  fidokorona  mehnat 

qilmasa, tinimsiz izlanmasa, na o‘zining, na yaqinlarining, boshqalarning “kosasi oqarmaydi”, 

“biri  ikki  bo‘lmaydi”.  Shuning  uchun  ham  istiqlol  yillarida  O‘zbekiston  fuqarolarining 

psixologiyasida,  ularning  qadriyatlarni  idrok  qilishlari  va  kundalik  amallarida  o‘z  shaxsiy 

kamoloti,  oilasi  farovonligi,  Vatan  ravnaqi  uchun  nima  qilish  lozimligini  ifodalovchi 

qarashlarida  tub  o‘zgarishlar  ro‘y  bermoqda.  Bu  o‘zgarishlarni  o‘rganuvchi  psixologiya  fani 

oldida ham qator dolzarb vazifalar turibdi. 

Psixologiya ilmining namoyondalari bo‘lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs 

va jamiyat aloqalari tizimida, makro hamda mikro bosqichlardagi ta’sirlarning tub mohiyatini 

anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izladilar.  

Abu  Nasr  Farobiy,  A.Navoiy,  Ibn  Sino,  Beruniy  kabi  yuzlab  Sharq  allomalari  ham  bu 

o‘zaro bog‘liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini 

bag‘ishlaganlar.  Barcha  qarashlarga  umumiy  bo‘lgan  narsa  shu  bo‘lganki,  odamni,  uning 

mohiyatini  anglash  uchun  avvalo  uning  shu  jamiyatda  tutgan  o‘rni  va  mavqeini  bilish  zarur. 

Shaxsni  o‘rganishning  birlamchi  mezoni  ham  shundan  kelib  chiqqan  holda,  uning  ijtimoiy 

mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‘rni bilan belgilanishi kerak. 

Lekin,  shaxs  bilan  jamiyat  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqalar  masalasida  birdaniga,  bir  xil 

yechimga  kelinmagan.  Bu  o‘zaro  munosabatlar  asosan  ikki  polyar  nuqtai  nazardan  kelib 

chiqadi. 

N

N

a



a

t

t



i

i

v



v

i

i



z

z

m



m  yo‘nalishining  tarafdorlari  insonlardagi  barcha  xususiyatlarni  tug‘ma 

xarakterga ega, deb e’tirof etadilar (Lens, Gruber va boshqalar). 

E

E

m



m

p

p



i

i

r



r

i

i



z

z

m



m tarafdorlarining fikricha, yangi tug‘ilgan bola go‘yoki “top-toza taxta” (tabula 

rasa),  unga  hayot  va  undagi  talablar  o‘zining  qonuniyatlarini  yozadi  va  bola  ularga  so‘zsiz 

bo‘ysunishga  majbur.  Bu  yo‘nalishning  asoschilaridan  biri  J.Lokk  bo‘lib  (1632-1704),  uning 

fikricha, tug‘ma fikrlar  yoki  g‘oyalar bo‘lishi mumkin  emas, ular xohish-tilak va og‘riq  kabi 

elementar  sezgilarning  qayta  ishlanishi  natijalaridir.  Hayotda  ana  shunga  o‘xshash  turli  xil 

sezgilar va g‘oyalarning assosiasiyasi ro‘y beradi. 

 

G.Leybnis (1646-1716) Lokka e’tiroz bildirib, hayotda umuman toza, sof doskaning o‘zi 



 

13 


bo‘lmaydi, hattoki, eng yaxshi silliqlangan marmar yuzasida ham sezilarli teshiklar, do‘ngliklar 

yoki tug‘ma asoratlar bo‘ladi-ki, ular odamning sezish va bilish organlari vositasida anglanishi 

mumkin.  Xuddi  shunday,  inson  bolasi  ham  tug‘ilishdan  muayyan  belgilar,  xususiyatlar  bilan 

tug‘iladi-ki, ularni biz layoqatlar, iqtidor, genetik xususiyatlar, deb ataymiz. Aynan shu tug‘ma 

belgilar  inson  taqdirida  ma’lum  rol  o‘ynaydi,  lekin  yetakchi,  sezilarli  ta’sirlar  hayotning 

keyingi  bosqichlarida,  turli  faoliyatlarni  (o‘yin,  o‘qish,  mehnat  va  b.q.)  amalga  oshirish 

jarayonida bilinib, shaxs sifatlarini shakklantirishga xizmat qiladi. 

Bu  ikkala  yirik  yo‘nalish  o‘rtasidagi  tortishuvlarga  chek  qo‘yish  maqsadida  F.Galton 

qator  eksperimental  tadqiqotlar  o‘tkazib,  har  bir  individga  xos  differensial  xususiyatlar 

mavjudligini  “egizaklar  metodi”yordamida  asoslashga  harakat  qildi.  3-jadvalda  Galton 

tomonidan irsiy va orttirilgan sifatlar munosabati yuzasidan aniqlangan natijalardan musiqaga 

layoqatlilik misolida keltirilgan. 

Egizaklardagi  musiqaga  moyillikning  korrelyasion  ko‘rsatgichi  ham  yuqori  bo‘lib 

(p=0,7), egizak bo‘lmaganlardan ancha farq qiladi (p=0,3-0,4). 

Galtondan  keyingi  tadqiqotlarda  musiqaga  bo‘lgan  qobiliyatga  ona  tilining  xususiyati 

ta’sir  qilishi  yumshoq-tonal  yoki  keskir-tonal  bo‘lmagan  tillar  misolida  aniqlandi.  Masalan, 

keskinroq  hisoblangan  rus  tilida  gapiruvchi  bolalardagi  musiqani  idrok  qilish  yumshoq,  tonal 

tillarda so‘zlashuvchi vetnamliklarning idrokidan ancha past chiqqan. 

Muloqot  jarayonining  ham,  guruhiy  jarayonlarning  hamda  egasi—sub’ekti  hamda 

ob’ekti aslida alohida shaxs, konkret odamdir. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiya alohida 

shaxs  muammosini  ham  o‘rganadiki,  uni  o‘sha  turli  ijtimoiy  jarayonlarning  ishtirokchisi  va 

faol  amalga  oshiruvchisi  degan  nuqtai  nazardan  tekshiradi.  Ma’lumki,  shaxs  muammosi 

umumiy psixologiyada ham, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada ham, differensial, 

huquqiy  psixologiya  va  psixologiyaning  qator  maxsus  bo‘limlarida  ham  o‘rganiladi.  Har  bir 

bo‘lim  yoki  tarmoq  uni  o‘z  mavzui  va  vazifalari  nuqtai  nazaridan  shaxsga  taalluqli  bo‘lgan 

muammolarni yoritadi.  

Masalan,  umumiy  psixologiya  shaxsni  psixologik  faoliyatning  mahsuli,  alohida  psixik 

jarayonlarning  egasi  deb  hisoblasa,  sotsiologiya  uni  ijtimoiy  munosabatlarning  ob’ekti  deb 

qaraydi. 

Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning  o‘ziga xosligi shundaki, u turli 

guruhlar  bilan  bo‘ladigan  turli  shakldagi  o‘zaro  munosabatlarning  oqibati  sifatida    qaraladi. 

Ya’ni,      avvalo  biror  guruhning    a’zosi      hisoblangan      shaxs      xulq-atvori    qanday 

qonuniyatlarga  bo‘ysunishini,  shaxsning  muloqotlar  sistemasida  olgan  ta’sirlari  uning  ongida 

qanday aks topishini o‘rganadi.   Guruhning shaxs  psixologiyasiga  ta’siri  qay yo‘sinda sodir 

bo‘lishi      ijtimoiy psixologiyada sotsializatsiya, ya’ni ijtimoiylashuv  muammosi bilan uzviy  

bog‘liq  bo‘lsa,    bu  ta’sirlarning  shaxs  hatti-harakatlari,  xulqida  bevosita  qanday  namoyon 



 

14 


bo‘lishi  ijtimoiy  yo‘l-yo‘riqlar  muammosi  bilan  bog‘liqdir.  Ana  shular  asosida  shaxsda 

shakllanadigan  fazilatlar  va  ularning  turli  tipdagi  shaxslarda  namoyon  bo‘lishini  aniqlagan 

holda,  shaxs  xulq-atvorini  boshqarish

 

mexanizmlarini  ishlab  chiqish  ijtimoiy  psixologiyaning  



asosiy vazifalaridan biridir. 

 Shaxsning  ijtimoiy  ustanovkalari  sof  psixologik  ma’noda  yangicha  tafakkur  va 

dunyoqarashni shakllantiruvchi  va o‘zgartiruvchi ijtimoiy psixologik  mexanizm  - bu ijtimoiy 

ustanovkalardir. 

 Bu  -  shaxsning  atrof  muhitida  sodir  bo‘layotgan  ijtimoiy  hodisalarni,  ob’ektlarni, 

ijtimoiy  guruhlarni  ma’lum  tarzda  idrok  etish,  qabul  qilish  va  ular  bilan  munosabatlar 

o‘rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni ham o‘zgartirishga aloqador 

kategoriyadir.Jahon  psixologiyasi  fanida  shaxsning  kamoloti,  uning  rivojlanishi  to‘g‘risida 

xilma-xil  nazariyalar  yaratilgan  bo‘lib,  tadqiqotchilar  inson  shaxsini  o‘rganishda  turlicha 

pozitsiyada  turadilar  va  muammo  mohiyatini  yoritishda  o‘ziga  xos  yondashishga  egadirlar. 

Mazkur  nazariyalar  qatoriga  biogenetik,  sotsiogenetik,  psixogenetik,  kognitivistik, 

psixionalitik, bixevaristik kabilarni kiritish mumkin. 

 Quyida sanab o‘tilgan nazariyalar va ularning ayrim namayondalari tomonidan shaxsni 

rivojlantirishning prinsiplari to‘g‘risida qarashlariga to‘xtalib o‘tamiz. 

 

Biogenetik nazariyaning negizida insonning biologik  yetilishi bosh omil sifatida qabul 



qilingan  bo‘lib,  qolgan  jarayonlarining  taraqqiyoti  ixtiyoriy  xususiyat  kasb  etib,  ular  bilan 

o‘zaro  shunchaki  aloqa  tan  olinadi,  xalos.  Mazkur  nazariyaga  binoan,  taraqqiyotning  bosh 

maqsadi  –  biologik  determinantlariga  qaratiladi  va  ularning  mohiyatidan  sotsial  psixologik 

xususiyatlar keltirilib chiqariladi.  

Taraqqiyot 

jarayonining 

o‘zi,  dastavval  biologik 

yetilishning universal bosqichi sifatida sharxlanadi va talqin qilinadi.  

Biogenetik  qonunni 

F.Myuller  va  E.Gekkellar  kashf  qilishgan.  Biogenetik  qonuniyat  organnik  taraqqiyoti 

nazariyasini  tashviqot  qilganda  hamda  antidarvinchilarga  qarshi  kurashda  muayyan  darajada 

tarixiy  rol  o‘ynagan.  Biroq  organning  individual  va  tarixiy  taraqqiyoti  munosabatlarini 

tushuntirishda  qo‘pol  xatolarga  yo‘l  qo‘ygan.  Jumladan,  biogenetik  qonunga  ko‘ra,  shaxs 

psixologiyasining    individual  taraqqiyoti  butun  insoniyat  tarixiy  taraqqiyotining  asosiy 

bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g‘oya yotadi.    Nemis 

psixologi 

V.Shterinning 

fikricha    chaqaloq  hali  u  odam  emas,  balki  faqat  sut  emizuvchi  hayvondir,  u  olti  oylikdan 

oshgach,  psixik  taraqqiyoti  jihatdan  faqat  maymunlar  darajasiga  tenglashadi,  ikki  yoshda  esa 

odam xoliga keladi, besh yoshlarda ibtidoiy poda xolatidagi odamlar darajasiga yetadi, maktab 

davridan  boshlab  ibtidoiy  davrni  boshdan  kechiradi,  kichik  maktab  yoshida  o‘rta  asr  kishilar 

ongiga va nihoyat yetukli davrdagina (16-18 yoshlarda) u hozirgi zamon kishilarining madaniy 

darajasiga erishadi. 


 

15 


 

Biogenetik nazarining yirik namayondalaridan biri bo‘lmish amerikalik psixolog S.Xoll 

psixologik  taraqqiyotning  bosh  qonuni  deb  “rekapitulyatsiya  qonuni”  ni  hisoblaydi.  Uning 

fikricha,  antogenezdagi  individual  taraqqiyot  kilogenezning  muhim  bosqichlarini  takrorlaydi. 

Olimning talqiniga binoan, go‘daklik hayvonlarga hos taraqqiyot pallasini qaytarishdan boshqa 

narsa  emas.  Bolalik  davri  esa  qadimgi  odamlarning  asosiy  mashg‘uloti  bo‘lgan  ovchilik  va 

baliqchilik  davriga  aynan  mos  keladi.  8-12  yosh  oralig‘ida  o‘sish  davri  o‘smiroldi  yoshidan 

iborat  bo‘lib,  yovvoyilikning  oxiri  va  sivilizatsiyaning  boshlanishidagi  kamolot  cho‘qqisiga 

hamohangdir. O‘spirinlik esa jinsiy  yetilishdan (12-13  yosh) boshlanib to  yetuklik davri kirib 

kelgunga  qadar  (22-25  yoshgacha)  davom  etib,  u  romantizmga  ekvivalentdir.  S.Xollning 

talqiniga qaraganda, bu davrlar “bo‘ron va tazyiqlar”, ichki va tashqi nizolardan iborat bo‘lib, 

ularning kechishi davomida odamda “individuallik tuyg‘u”si vujudga keladi.  

         Shaxs  rivojlanishining  xar  bir  davrlarini  olimlar  psixologik  talqin  etar  ekan,  ularni 

individualligiga  e’tiborni  qaratadilar.Shaxs  tushunchasi  xaqida  fikr  yuritar  ekanmiz  ,  avvalo 

uning ta’rifini keltiramiz: 

S

S



h

h

a



a

x

x



s

s  – 


i

i

j



j

t

t



i

i

m



m

o

o



i

i

y



y

 

 



v

v

a



a

 

 



s

s

h



h

a

a



x

x

s



s

l

l



a

a

r



r

a

a



r

r

o



o

 

 



m

m

u



u

n

n



o

o

s



s

a

a



b

b

a



a

t

t



l

l

a



a

r

r



n

n

i



i

n

n



g

g

 



 

m

m



a

a

h



h

s

s



u

u

l



l

i

i



,

,

 



 

o

o



n

n

g



g

l

l



i

i

 



 

f

f



a

a

o



o

l

l



i

i

y



y

a

a



t

t

n



n

i

i



n

n

g



g

 

 



s

s

u



u

b

b



e

e

k



k

t

t



i

i

 



 

b

b



o

o



l

l



m

m

i



i

s

s



h

h

 



 

i

i



n

n

d



d

i

i



v

v

i



i

d

d



d

d

i



i

r

r. 



Shaxsga  taalluqli  bo‘lgan  eng  muhim  tasnif  ham  uning  jamiyatdagi  murakkab  ijtimoiy 

munosabatlarga  bevosita  aloqadorlik,  ijtimoiy  faoliyatga  nisbatan  ham  obekt,  ham  subekt 

bo‘lishlikdir. 

Shaxsga  taalluqli  bo‘lgan  fazilatlardan  eng  muhimi  shuki,  u  shu  tashqi,  ijtimoiy 

ta’sirlarni  o‘z  ongi  va  idroki  bilan  qabul  qilib  (obektni),  so‘ngra  shu  ta’sirlarning  subekti 

sifatida faoliyat ko‘rsatadi.  

Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanoq “mening hayotim”, “bizning dunyo” 

degan  ijtimoiy  muhitga  tushadi.  Bu  muhit  o‘sha  biz  bilgan  va  har  kuni  his  qiladigan  siyosat, 

huquq, ahloq olamidir. Bu muhit – kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an’analar, udumlar, 

turli  xil  tillar  olami  bo‘lib,  undagi  ko‘plab  qoidalarga  ko‘pchilik  mutloq  qo‘shiladi,  ba’zilar 

qisman  qo‘shiladi.  Bu  shunday  qoidalar  va  normalar  olamiki,  ularga  bo‘ysunmaslik  jamiyat 

tomonidan qoralanadi, ta’qiblanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga 

nisbatan  barcha  tartib-qoidalarni  qabul  qiluvchi  subekt  bo‘lsa,  jamiyat  –  ijtimoiy  intizom  va 

tartibning, madaniyatning mufassal ko‘rinishidir. 

Shaxs  ijtimoiy  xulqiga  turli  tashqi  kuchlar,  ijtimoiy  munosabatlar  majmui  ta’sir  qiladi: 

siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy, ma’naviy, ahloqiy va boshqalar. Bu ta’sirotlar mohiyatan aslida 

jamiyat  a’zolari  bo‘lmish  shaxslar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlarning  ayrim  alohida 

yo‘nalishlarini belgilab beradi. 

Shunday  qilib,  shaxs  turli  ijtimoiy  munosabatlar  tizimi  ta’sirida  bo‘ladi  va  ko‘plab 

ijtimoiy  institutlar  (oila,  mahalla,  o‘quv  maskanlari,  mehnat  jamoalari,  norasmiy  tashkilotlar, 



 

16 


din,  san’at,  madaniyat  va  boshq.)  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Masalan,  shaxsdagi  turli  g‘oyalar, 

fikrlar  va  e’tiqodiy  dunyoqarashlar  mafkuraviy  munosabatlar  tizimi  ta’sirida  shakllanib,  ular 

bevosita  oila,  bog‘cha,  maktab  va  boshqa  o‘quv  va  tarbiya  muassasalari  orqali  ongga 

singdiriladi.  Agar  bu  ta’sir  uning  e’tiqodi  darajasida  ko‘tarilsa,  va  unda  yana  yangidan-yangi 

fikrlar va g‘oyalarning paydo bo‘lishi va o‘sishiga olib kelsa, u shaxsning maslagiga aylanadi 

hamda  u  hayoti  jarayonida  shunday  faoliyat  sohasini  tanlaydiki,  o‘z  qobiliyatlari,  malaka  va 

ko‘nikmalarini  rivojlantira  borib,  ziyoli  sifatida  yo  o‘qituvchi,  yoki  vrach,  yoki  olim, 

kashfiyotchi, muxandis bo‘lib, elu-yurtiga xizmat qiladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling