Dars shakllari va metodlari, metodik ishlarni tashkil etish va ulardan foydalanish Reja
Download 86.44 Kb.
|
Dars shakllari va metodlari, metodik ishlarni tashkil etish va ulardan foydalanish
Dars turlari.
S.G.Shapovalenko, D.M.Kiryushkinlar tomonidan shu asosda darslarni klassifikatsiya qilish taklif qilingan. Shu prinsip asosida anchagina sodda klassifikatsiya R.G.Ivanova tomonidan taklif qilingan. Shunga ko‘ra: 1) yangi bilimlarni uzatish va egallash; 2) bilim va malakalarni mustahkamlash va takomillashtirish; 3) o‘zlashtirish natijalarini tekshirish; darslari ajratilgan. Biroq bu klassifikatsiya nisbiy bo‘lib, yangi bilimlarni uzatish darsi shu maqsadni amalga oshirish bilan birga egallagan bilim va malakalarni mustahkamlash hamda ularni nazorat qilishni ham nazarda tutadi. Darslarda qaysi metod ustivor qo‘llanilishiga qarab dars ma’ruza, dars suhbat, dars amaliy mashg‘ulotlar va boshqalarga ajratiladi. Darsda ayni bir paytda qo‘llanilayotgan metodlardan biri ustivor bo‘lsa ham maqsadni amalga oshirish uchun o‘qituvchi boshqa metod va yo‘riqlardan ham foydalanadi hamda ularnin ham o‘ziga xos roli mavjud bo‘ladi. Ba’zan darsda qo‘llaniladigan metodlar shu darajada xilma-xil bo‘ladiki, uni qaysi tipga kiritishni aniqlash amri mahol bo‘ladi. O‘qitish metodlari va vositalarini tanlash o‘qituvchining ijodiy ishlaridan biri hisoblanadi. Darsning samaradorligini oshirishda o‘qituvchi turli xil ilmiy-metodik jurnallarda e’lon qilinayotgan ayrim mavzularni o‘qitish metodlari va vositalari haqidagi maqolalari bilan muntazam tanishib borishi kerak. Darslarni klassifikasiyalashning boshqa bir alomati ularni o‘tkazish usullaridir. O‘tkazish usullari, deganda, o‘qituvchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyatida, darsni o‘tkazish uslubida ifodalangan tashkiliy va boshqa momentlar majmui tushuniladi. Shu nuqtai nazardan darslarning quyidagi tiplari bo‘ladi: ma’ruza darsi, suhbat darsi, sayohat darsi, kinodars, o‘quvchilarning mustaqil ishlari darsi, laboratoriya ishi, amaliy ish, aralash dars. Bu klassifikatsiyani seminar darslari, nazorat ishlar, sinovlar, munozara darslari, demonstratsiya darslari va shu kabilarni qo‘shib kengaytirish mumkin. Didaktik maqsadlar bo‘yicha darsning quyidagi turlari mavjud: 1. Yangi bilimlarni o‘rganish darsi. 2. Umumiy yoki aralash dars. 3. Bilimlarni mustahkamlash darsi. 4. Sinash – tekshirish darsi. Muammoli dars. Darsning ana shu asosiy turlari strukturasi quyida keltiriladi: I. Yangi bilimlarni o‘rganish darsi: 1. Tashkiliy qism. 2 Yangi o‘quv materialini bayon qilish va mustahkamlash. 3. Uyga topshiriq berish. 4. Darsni yakunlash. II. Umumiy yoki aralash dars: 1. Tashkiliy qism. 2. Uyga topshiriqni tekshirish. 3. O‘quvchilar bilimini og‘zaki tekshirish. 4. Yangi o‘quv materialini bayon qilish. Yangi o‘quv materialini mustahkamlash. 6. Uyga topshiriq berish. 7. Darsni yakunlash. III. Bilimlarni mustahkamlash darsi: 1. Tashkiliy qism. 2. Uy topshirig‘ini tekshirish. 3. O‘quvchilardan o‘tilgan mavzularni so‘rash, o‘quv materialini mustahkamlash. 4. Uyga topshiriq berish. Darsni yakunlash. IV. Bilimlarni mustahkamlash darsi: 1. Tashkiliy qism. 2. O‘qituvchining topshiriqni tushuntirishi. 3. O‘quvchilarning savollariga javob berish. 4. O‘quvchilarning topshiriqlarni bajarishi. Bajarilgan ishlarni o‘qituvchiga topshirish. 6. Uyga topshiriq berish. 7. Darsni yakunlash. V. Muammoli dars: 1. Tashkiliy qism. 2. Muammoni bayon qilish. 3. Muammoni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatish va hal etish. 4. Natijalarni muhokama qilish. O‘qituvchining izohlashi va umumlashtirishi. 6. Uyga topshiriq berish. 7. Darsni yakunlash. Asosiy didaktik maqsadga binoan klassifikatsiyalanuvchi darslarning tiplarini ularning strukturasiga bog‘liq holda qisqacha ko‘rib chiqamiz. Download 86.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling