Dars shakllari va metodlari, metodik ishlarni tashkil etish va ulardan foydalanish Reja
O‘quvchilarning bilimi, o‘quvi hamda malakalarini tekshirish darslari
Download 86.44 Kb.
|
Dars shakllari va metodlari, metodik ishlarni tashkil etish va ulardan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aralash darslar
O‘quvchilarning bilimi, o‘quvi hamda malakalarini tekshirish darslari. Bu darslarda mavzu, bo‘lim yoki butun kurs yuzasidan batafsil og‘zaki savol-javob, yozma yoki grafik kontrol ishlar o‘tkaziladi, kontrol qiluvchi kurilmalar, kartochka-topshiriqlar, obzor-takrorlash jadvallari yordamida o‘quvchilar bilimi tekshiriladi, amaliy xarakterdagi topshiriqlar bajariladi va hokazo. Bunday darslardan ko‘zlangan maqsad har bir o‘quvchining tayyorgarlik darajasini asosli baholash uchun ma’lumotlar olish, bilimlarning qanchalik ongli va chuqur o‘zlashtirilganligini, olingan o‘quv hamda malakalarning qanchalik puxta ekanligini aniqlashdan iborat. Bundan tashqari, bunday darslarni o‘tkazishda o‘qituvchi o‘quvchilar bilimi hamda o‘quvidagi kamchiliklarni to‘ldiradi va ularni yanada rivojlantiradi.
Aralash darslar. Bu darslarda har xil didaktik masalalar komleksi hal qilinadi. Ular barcha yoki ko‘pchilik struktura elementlarini har xil kombinatsiyada o‘z ichiga oladi. Aralash darslar umumtexnika va maxsus fanlarni o‘rganishda darslarning eng ko‘p tarqalgan tipidir. So‘nggi vaqtlarda strukturasining eskirgan va bir xilligi, darsda o‘quvchilarning mustaqillik hamda faollik darajasining pastligi, bilim berishning ularni puxtalashdan uzilib qolganligi, o‘tkazish metodlarining bir xilligi tufayli aralash dars tanqidga uchramokda. Bu tanqid o‘quv jarayonining tashkil etilishi va metodikasigagina taalluqli bo‘lib, darsning tipiga mutlaqo aloqador emas. Ko‘pgina kamchiliklarning sababi aralash dars o‘tkazilishida emas, balki dars strukturasi siyqasi chiqib ketganligida, dars elementlari qat’iy tartibda kelishida, aksari o‘qituvchilar bu darsning boy pedagogik imkoniyatlaridan foydalana bilmaganligidadir. Didaktik vazifa va strukturaga ko‘ra darslar quyidagi tiplarga bo‘linadi: 1) kombinatsion darslar (o‘qituvchi yangi materialni tushuntiradi, mustahkamlaydi, takrorlaydi, nazorat qiladi); 2) yangi materialni o‘rganish darslari; 3) bilim, ko‘nikma, malakalarni mustahkamlash darslari; 4) mashqlar va amaliy ishlar darslari; 5) umumlashtiruvchi takrorlash darslari; 6) laboratoriya darslari; 7) o‘quvchilar bilimini nazorat qilish, tekshirish va baholash darslari; Ta’lim-tarbiya jarayoni juda xilma-xildir, shuning uchun ko‘zlangan maqsad va mavzuning mazmuniga qarab darslar ham har xil bo‘lishi kerak. Yuqorida keltirilgan dars bir qator vazifalarni hal qilishga qaratilgan - o‘qituvchi bu darsda yangi materialni tushuntirib beradi, o‘tilgan mavzuni chuqurlashtiradi, yangi bilimlarni tekshirib ko‘radi va puxtalaydi, o‘quvchilarning umumiy o‘zlashtirishini tekshirib boradi va hokazo. Kombinatsiyalangan yoki, boshqacha qilib aytganda, aralash dars deb ataladigan bu dars eng ko‘p qo‘llaniladi. Kimyo o‘qituvchilarni aralash dars bilan bir qatorda, o‘quv ishining maqsadi va asli mazmuniga qarab, ko‘pincha, quyidagi maxsus darslarni ham o‘tkazadilar: Yangi mavzuni o‘rganish darslari (kirish darsi, o‘rganiladigan fanning mavzu bahsi bilan tanishtirish darsi, laboratoriya darsi, sayohat darsi, kino darsi va boshq.). Amaliy o‘quvlar hosil qilish darsi (amaliy mashg‘ulot darsi, eksperimental masalalar yechish darsi). Bilimlarni sekin-asta chuqurlashtirish darslari (umumlashtirish darsi, obzor tarzida takrorlash darsi). Olingan bilim va malakalarni tadbiq etish darslari (mashqlar darsi, kimyoviy masalalar yechish darsi, asboblar loyihalash darsi). kontrol darslar (so‘rash darsi, kontrol ish o‘tkazish darsi). Yangi mavzuni o‘rganish darsi. Bunday maxsus darslarning o‘ziga xos xususiyati shuki, bu darslarda vaqtning qariyib hammasi o‘quvchilarni yangi mavzu bilan tanishtirishga ketadi. Bu darslarda zarurat tug‘ilishining sababi kimyo kursida navbatdagi barcha mavzularga asos bo‘ladigan va o‘quvchilarga hali hech narsa ma’lum bo‘lmagan masalalar borligidir. Yangi mavzuni o‘rganish darslari o‘z tuzilishi jihatidan olganda odatdagi aralash darsdan ancha farq qiladi. Bu darslarda, odatda, rasmiy so‘rash va bayon etilgan mavzuni maxsus puxtalash qismlari qariyib bo‘lmaydi. Bu darslarda, bayon etishning o‘zi, asosan so‘zlab berish yo‘li bilan (yoki yuqori sinflarda ma’ruzalar o‘qish yo‘li bilan) o‘tkaziladi, bunda ko‘rsatmalilikning mumkin bo‘lagi hamma vositalaridan foydalaniladi. Bu yerda ko‘rsatmalilik shu qadar katta rol o‘ynaydiki, hatto, yangi materialni o‘rganish darslarining ko‘rsatmalilik bilan bog‘liq alohida turlari ham bo‘ladi. O‘qituvchining yangi mavzuni bayon etishiga o‘quvchilarning tajriba qilishi ham qo‘shilgan hollarda ish laboratoriya darsi xarakterini oladi. Agar o‘quv ishi sinfda emas, balki o‘rganiladigan obyektning o‘zida (ishlab chiqarishda, tabiatda, muzeyda va shu kabilarda) olib borilsa, o‘quvchilar bilan qilinadigan butun mashg‘ulot sayohat darsi sifatida tashkil etiladi. Yangi mavzuni o‘rganish darslarining barcha turlaridan diqqatga alohida sazovar bo‘lganlari kirish darslari bilan dastlabki darslar. Kirish darslari, masalan, quyidagi masalalar yuzasidan o‘tkaziladi: Kimyo nimani o‘rganadi. Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlar. Organik moddalar Moddalar Metallar Bu darslarning asosiy vazifasi - o‘quvchilarga kimyo kursining navbatdagi hamma masalasini yoki butun bir bo‘limini muvaffaqiyat bilan o‘rganishda tayyorlanadilar. O‘qituvchilar bunday darslarda juda yaxshi tayyorlanadilar: eng qiziqarli material, ko‘pdan-ko‘p ko‘rsatma qo‘llanmalar, eng yorqin, qiziqtiradigan tajribalar tanlaydi. Kimyodan o‘tkaziladigan kirish darslari singari, dastlabki darslar ham yangi mavzuni bayon qilish darslarining boshqa hamma turlaridan shu bilan farq qiladiki, bu darslarda butun kimyo kursini muvaffaqiyat bilan o‘rganishni ko‘p daraja belgilab beruvchi poydevor qo‘yiladi. O‘quvchilar o‘qituvchining bevosita rahbarligi ostida ayni darsda bayon etilgan muhim nazariy qonun-qoidalarni aniqlashga qaratilgan laboratoriya ishlarini mustaqil suratda bajaradigan dars laboratoriya darsi deb ataladi. Oliy ta’lim muassasidagi ta’lim jarayoni davlat ta’lim standartlarini amalga oshirishni ta’minlaydi. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi turlari joriy qilingan: ma’ruza, maslahat, seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi, nazorat ishi, kollokvium, mustaqil ish, amaliyot, kurs loyihasi(ishi), malaka bitiruv ishi. Bakalavriat yo‘nalishining o‘quv rejasida quyidagi amaliyotlar belgilangan: - tanishuv amaliyoti - malakaviy amaliyot - pedagogik amaliyot. Talabalar pedagogik amaliyotlarini kasb-hunar kollejlarida o‘taydilar. Shuning uchun bunday amaliyot talabalarning mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyatini rivojlantirish va pedagogik faoliyat bilan amalda yaqindan tanishishga yo‘naltirilgandir. - bitiruv oldi amaliyoti. Bitiruv oldi amaliyoti o‘quv jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, uni talabalarga bo‘lg‘usi bakalavrlarning faoliyat yo‘nalishi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari, bitiruv malakaviy ishlari mazmunini yoritishda bevosita o‘quv va ishlab chiqarish sharoitlarini to‘la e’tiborga olgan holda yoritish maqsadida tashkil etiladi Talabalar amaliyotlari barcha turlari davlat va nodavlat korxonalar va tashkilotlarda ular bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga binoan, o‘quv rejalari va «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida namunaviy Nizom» ga muvofiq o‘tkaziladi. Download 86.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling