Dars shiori: O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. (I. Karimov)
Download 380.09 Kb.
|
Boboyorov Abdivahob Etnomadaniyat
“Loy tutish” marosimi Bu marosimda ariqlar tozalangan, butun aholi bu ishda faol ishtirok etgan. Bevosita ariq tozalash ishini bajarayatganlar, ularning yonidan o‘tib ketayotgan odamga ketmon yoki belkurakda loy tutishgan. Yo‘lovchi o‘ziga loy tutilgandan so‘ng yo biron bir qo‘shiq, yo boshqa hunarini ko‘rsatib, ishlayotganlarni mamnun qilishi lozim hisoblangan. Aks holda u ham odamlar bilan ariq tozalashga majbur qilingan. Ariq tozalash ishlarining tugashi odatda maxsus uyushtirilgan sayil, holi baqudrat tayyorlangan ziyofat bilan nihoyasiga yetgan“Shox moylar” marosimi Bu marosim bahorda birinchi yer haydash ishlarining boshlanishi bilan o‘tkazilgan. Bo‘lajak hosilning mo‘l bo‘lishiga niyat qilib, qo‘shga qo‘shilgan ho‘kiz shoxi yog‘ bilan moylangan va dastlab piri badavlat, uvali-juvali bobo dehqon qo‘sh haydab bergan. Keyinchalik ishni yoshlar bajargan.Bu marosim bahor quruq kelgan kezlarda o‘tkazilgan. Marosimda mahalla,qishloq ayollari yig‘ilib mo‘la (poliz qo‘riqchisiga o‘xshagan qo‘g‘irchoq) yasashgan va uning ustidan suv sepib, qo‘shiq aytishgan: Sust xotin, suzma xotin Ko‘lankasi maydon xotin! Yomg‘ir yog‘dir ho‘l bo‘lsin Yer-u jahon ko‘l bo‘lsin. Maysalar quloq yozsin, Sut-u qatiq mo‘l bo‘lsin.“Sust xotin marosimi” Navro‘z haqidagi dastlabki ma’lumot Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida uchraydi. Navro‘z ayyomi yilning 21-mart kuni nishonlanadi. Bayramning Navro‘z deb atalishi Yangi kun, ya’ni yangi yilning kirib kelishi bilan bog‘liq. Bu kunda kecha va kunduz muddati tenglashadi va kunduzning uzayishi boshlanadi. Navro‘z bayramini faqat o‘zbeklar emas, qozoqlar, qirg‘izlar, turkmanlar, tojiklar, ozarbayjonlar va boshqa millatga mansub xalqlar nishonlaydilar.Navro‘z bayrami Ogahiyning ma’lumot berishicha, Navro‘zda hamma qayiqda daryo sayiliga chiqqan. Bog‘larda o‘yin-kulgilar uyushtirilgan. Dor o‘yinlari o‘tkazilgan. Har bir odam betob, hech kimi yo‘q kimsalarni, ota-ona ajdodi ko‘milgan mozorlarni ziyorat qilgan. O‘zbekistonda Navro‘z bayrami 1900-yildan katta uyushqoqlik va tantanalar bilan o‘tkazilmoqda.Download 380.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling