Yog‘ kislotalarning ω-oksidlanishi
Istemol qilinadigan yog‘ kislotalaridan araxidon kislotasi alohida o‘rin olgan. Chunki bu yog‘ kislotani to‘rt qo‘shbog‘i bo‘lib, ular ω-holatida joylashgan. Bu yog‘ kislotalar endoplazmatik to‘rda oksidlanishga uchraydi. ω-holatida joylashgan qo‘shbog‘ oksidlanib oksi-guruhiga aylanadi va qaytarilish reaksiyasi natijasida karbon guruhi hosil qiladi. Natijada dikarbon aminokislota hosil bo‘ladi. Reaksiyani katalizlovchi fermentlar sitoxrom P-450, qaytaruvchi sifatida NADFH2-
sitoxrom-c-reduktaza ishtirok etadi.
Toq sonli uglerod tutuvchi yog‘ kislotalarning oksidlanishi Juft sonli yog‘ kislotalar kabi tarkibida uglerod atomlar soni toq bo‘lgan yog‘ kislotalar mitoxondriyada oksidlanadilar. Ammo oxirgi oksidlanish halqasida atsetil-KoA emas, balki propionil- KoA hosil bo‘ladi. Mitoxondriyada propionil-KoA suksinil-KoA ga aylanib Krebs halqasiga kiradi. Reaksiya ketma-ketligi quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |