dars: soat juftlik An`anaviy ertak va afsona
Download 168 Kb.
|
4-dars. Ananaviy ertak va afsona
1. Sof mifologik afsonalar.
2. Tarixiy voqea-hodisalarni izohlovchi afsonalar. 3. Mahalliy hududlardagi geografik nomlar bilan bogʻliq afsonalar. “Buxoro va Navoiy oraligʻida katta Malik choʻli yastanib yotibdi. Uning bir qismini Oʻrta choʻl, togʻ yon bagʻrini esa Qarnob choʻli ham deb yuritadilar. Malikchoʻl yelkasidan esa Zarafshon oqadi. Malikning qoq oʻrtasi – avtomobil yoʻli yoqasida Malik darvozasi va yopiq hovuz xarobalari saqlangan. “Malik” rivoyatini bizga Qizil tepaning Kenagas qishlogʻida yashovchi mashhur Saidmurod Panoh baxshining oʻgʻli sakson yoshli usta Berdi ota aytib bergan edi: - Bir kuni Buxoro amiri faytunda Nurota, Karmana, Ziyodin, Sultonobodni aylanib kelib charchaydi-yu, choʻlda soyabon oʻrnattirib, dam oladi. Amirning shogirlaridan biri Malik degan yigit ekan. Amir uxlab qoladi. Shu paytda Amirning burnidan bir chivin chiqib, soʻng suv toʻla kosa ustida turgan pichoq ustidan yurib oʻtib, sichqon iniga kirib ketadi. Bir ozdan soʻng chivin sichqon inidan chiqib keladi-da, yana oʻsha suv toʻla kosa ustidagi pichoqdan yurib oʻtib, podshoning burniga kirib ketadi. Malik botir bu hangomani koʻrib hayratda qoladi-yu, nima qilarini bilmaydi. Amir boʻlsa qattiq uxlagan, boshqa amaldoru xizmatkorlar ham chekkada dam olayotgan ekan. Malik oʻsha chivinni oʻldiraman desa, amir uygʻonib qolib unga qoʻl koʻtarganini koʻrsa, tayinki, boshi ketadi. Nihoyat, amir uygʻonibdi. Malik uning qoʻliga suv quyibdi, amaldorlar davra quribdilar. Amir gʻaroyib tushini aytibdi: - Tushimda bir uzoq choʻlga chiqib ketganmishman. Ancha yurib daryoga yetibman. Daryo ustida temir koʻprik bor ekan. Koʻprikdan narigi sohilga oʻtib, bir gʻorga kirib ketibman. Gʻor ichida ikki xum tilla yotganmish. Gʻordan chiqib, koʻprikdan oʻtib, choʻldan kechib yana taxtimga kelib oʻtiribman. Tushimning taʼbirini aytinglar-chi, ne kori hol boʻlar ekan? Amirning hamrohlari birisi u, birisi bu deyishibdi. Malik dono yigit ekan, u sirni bilibdi-yu, oʻzini kasalga solib yotib olibdi. “Oʻzimga kelib olsam, sizlarga yetib olaman”, - debdi. Amir kishilari bilan joʻnab ketibdi. Malik darrov ketmon olib, oʻsha chivin kirib chiqqan sichqon inini kavlashga tushibdi. Haqiqatan u yerda ikki xum tilla bor ekan. Malik tilladan bir xaltasini olib, ahli nomdor, dongdor ustalarni boshlab kelib, shu yerga qishloq qurdiribdi, hovuzlar bunyod etibdi. Ana oʻshandan buyon choʻlni “Choʻli Malik” deb atashibdilar” . Download 168 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling