dars: soat juftlik An`anaviy ertak va afsona


Ko‘hinurga taalluqli da'volar


Download 168 Kb.
bet13/13
Sana09.06.2023
Hajmi168 Kb.
#1466697
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4-dars. Ananaviy ertak va afsona

Ko‘hinurga taalluqli da'volar
Ko‘hinurga oid da'volar hamon to‘xtagani yo‘q.1976 yili Pokiston Bosh vaziri Zulfiqor Ali Bxutto Britaniya Bosh vaziri Jim Sallagandan olmosni Pokistonga qaytarishni so‘ragan edi. 1997 yili esa qirolicha Elizabeta II Pokiston va Hindiston mustaqilligining 50 yilligi munosabati bilan tashrif buyuradi. Shunda bir nechta mahalliy zodagonlar Ko‘hinurni Hindis­tonga qaytarishni talab qilib chiqishdi. 2000 yili noyabrda esa Afg‘onistonda o‘z rejimini o‘rnatishga harakat qilayotgan Tolibon guruhi ham Britaniya hukumati Ko‘hinurni Afg‘onistonga qaytarishi kerak, degan qat'iy talabni qo‘ydi. Eron matbuoti esa olmosning haqiqiy egasi Eron hukumati degan da'vo bilan chiqishlar qilib turadi.
Aslida uning haqiqiy egasi kim? Bu o‘rinda Olaf Karoining "Tayms" gazetasidagi fikrlarini eslatamiz: "U 203 yil Dehlida, 66 yil Kandahor va Kobulda, 127 yil Britaniyada bo‘ldi (Bu maqola yozilgan payt. Hozir esa 160 yil bo‘ldi). Ko‘hinurning haqiqiy egalari turkiy qavmga mansub Hindis­ton hukmdorlari edi, - deya yozadi Olaf Karoi o‘z maqolasida. Albatta, hozirgi zamonda olmosga ochiqcha da'vo bilan chiqish bema'nilik bo‘lar, ammo turli sohalarda tahsil olayotgan bugungi yoshlarimiz o‘z ilmi, odobi va milliy oriyati bilan Ko‘hinurga da'vo qila oladi deb o‘ylaymiz. Kelajakda dunyo jamoatchiligi o‘zbek o‘g‘lonlari ilmi, odobi va insoniy oriyatiga xolisona baho berib, Ko‘hinurni aynan bizga munosib ko‘rsa, ajabmas!
Bunyod Abdullayev


Savol va topshiriqlar:
1. Afsonalar haqidagi maʼlumotlarni oʻqing va mustaqil ravishda ularning janr xususiyatlarini aniqlang.
2. Afsonalarning mavzuga koʻra turlarini koʻrsatib bering va oʻz fikringizni isbotlang.
3. Rivoyatlar bilan afsonalarning farqli jihatlarini izohlang.
4. Mahalliy joylardagi aholidan afsona, rivoyatlarni yozib oling.


Download 168 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling