dars: soat juftlik An`anaviy ertak va afsona
Download 168 Kb.
|
4-dars. Ananaviy ertak va afsona
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olmosning Londonga sayohati
- Yangicha jilo va joziba
Olmosning yangi davri
Panjobda o‘z hukmronligini o‘rnatgan Ranjit Sing 1839 yili olamdan o‘tadi. 1849 yilning 29 martida Lohurda Britaniya bayrog‘i ko‘tariladi. Bu Panjob ham o‘z-o‘zidan Britaniya qaramligiga o‘tdi, degani edi. Maharajaning boshqa boyliklari qatorida Ko‘hinur ham Britaniya ixtiyoriga o‘tadi. Bu ishga bosh-qosh bo‘lgan Lord Dalxaus Ko‘hinurni qirolichaga katta mamnuniyat bilan sovg‘a qiladi. Lord Dalxaus o‘z esdaliklarida shunday yozgan edi: "Men olmosni qirolichadan xabar kelgunicha plashimning cho‘ntagida saqladim. Nihoyat, qirolichadan olmosni Britaniyaga olib borish to‘g‘risida maktub kelganidan so‘ng cho‘ntagimni qarasam, olmos yo‘q edi. Shunda bir muddat qotib qoldim va munkillab qolgan xizmatkor cholni chaqirib, undan cho‘ntagimdagi narsalarni so‘radim. U "Ha men olgandim. Xonangizdagi qutining ichida" - dedi bamaylixotir. - Tezda olib kel-chi,-dedim hayajon bilan. U kichkina qutichani keltirdi-da ichidan olmosni olib menga uzatdi va "Shunga shunchalikmi, bu oddiy shisha-yu, xo‘jayin" - dedi. Olmosning Londonga sayohati Lord Dalxaus 1850 yilda Maharajaning 13 yoshli o‘g‘li Dulip Sing Ko‘hinurni o‘z qo‘li bilan qirolicha Viktoriyaga topshirishi uchun Britaniyaga safar uyushtiradi. Unga G'arbiy Belgiyada hizmat qilgan Doktor Jon Spense Login hamrohlik qiladi. O'sha paytda Login olmosni 1 000 000 funtga baholaydi.Nihoyat 1850 yil 3 iyul kuni Ko‘hinur tantanali ravishda qirolicha Viktoriyaga topshiriladi. Bu xizmatlari uchun Login 1854 yili qirollik ritsari unvoniga loyiq topiladi. Ma'lumki, qadimiy bitiklarda Ko‘hinur xususida "Kimki bu olmosga egalik qilsa, dunyoga hukmron bo‘ladi. Ammo u faqat xudo yoki ayolga tegishli bo‘lishi mumkin" deyiladi. Olmos Britaniyaga keltirilganidan beri qirollikni faqat ayol jinsiga mansub (qirolicha)lar boshqarib kelmoqda. Yangicha jilo va joziba 1852 yili Amsterdamda shahzoda Albertning texnik xizmatchisi Jeymis Tennant tomonidan olmosga ishlov beriladi. Ishlov berish jarayonida 186 karat bo‘lgan olmos 105 karatgacha kichrayadi. Bir paytlar dunyodagi eng katta hisoblangan Ko‘hinur shundan so‘ng kattalikda o‘z qiymatini yo‘qotadi. Qirolicha Viktoriyadan so‘ng qirolicha Aleksandra olmosni yangi tojga o‘rnatdi. Shundan boshlab, olmos qirolicha tojini bezab kelmoqda. 2002 yili Ona qirolicha vafotidan so‘ng olmos toj bilan birga "Tover of London qasriga o‘tkazildi. Download 168 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling