Darsdan tashqari mashg’ulotlarning turlari
Download 63.5 Kb.
|
savollarga javob. Ta'lim boshqa.... Xo'jaahmadova Nafisa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsdan tashqari mashg’ulotlarning turlari
Savol: Darsdan tashqari mashg’ulotlarning turlari. Darsdan tashqari ishlarni tashkil etish, nazorat qilish va baholash usullari. O’zbek tilidan olimpiadalar tashkil qilishning o’ziga xos xususiyatlari. Darsdan tashqari mashg’ulotlarning turlari O‘zbek tili ta’limida darsdan tashqari mashg‘ulotlar quyidagi maqsad va vazifalarni ko‘zlagan holda olib boriladi: 1. O‘zbek tili fani bo‘yicha o‘quvchilar bilimini chuqurlashtirish. 2. O‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish. 3. Bilim olishga bo‘lgan intilishni rivojlantirish. 4. Aniq ilmiy faoliyatga tayyorlash. 5. Aqliy mehnatni ilmiy tashkil qilishni o‘rgatish. 6. Ommaviy nutq malakalarini shakllantirish, rivojlantirish. 7. Fanlararo bog‘liqlikni ta’minlash. 8. Egallangan bilimlarni amalda tatbiq eta olishni o‘rgatish. 9. O‘quvchilarni o‘zbek adabiyoti namunalari bilan kengroq tanishtirish. 10. O‘z va o‘zgalar faoliyatiga baho berish, hurmat qilish hissini rivojlantirish. Sanab o‘tilgan vazifalardan darsdan tashqari mashg‘ulotlarning mazmun va mohiyati kelib chiqadi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarning quyidagi shakllari ko‘p qo‘llaniladi: Til va adabiyot to‘garaklari. Ekskursiya, sayohatlar. Kecha va viktorinalar. Fan bo‘yicha olimpiadalar o‘tkazish. Darsdan tashqari ishlarni quyidagi shakllarda tashkil etish mumkin: – o‘zbek tili fanining nazariy mavzularini o‘quv adabiyotlari, lug‘atlar yordamida mustaqil o‘zlashtirish; – o‘quvchilar konferentsiyalarida, seminarlarida ma’ruzalar bilan qatnashish; – ko‘rik-tanlovlarda ijodiy insholar bilan ishtirok etish; – fanlardan uyga beriladigan topshiriqlarni bajarish; – til va adabiyot to‘garaklari faoliyatida ishtirok etish; – fan bo‘yicha olimpiadalarda qatnashish va h.k.
Download 63.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling