Birlashtirish-guruhli shaklida sinfni odatda katta umumiy topshiriqni har biri faqatgina bir qismini bajaradigan guruhlarga ajratishni ko’zda tutadi.
Differensatsiyalashgan-guruhli ta’lim shakli doimiy guruhlar bilan ham, bir xildagi o’quv imkoniyatlariga ega va o’quv ko’nikmalari bir xil darajada shakllangan o’quvchilarni birlashtirishini ko’zda tutadi. Guruhli shakllariga o’quvchilarning juft bo’lib ishlashlarini ham kiritiladi. O’quv guruhlari faoliyatlarini o’qituvchi o’zi bevosita hamda o’z yordamchilari — o’quvchilar fikriga qarab tayinlangan zvenolar va brigadalar orqali boshqaradi.
Individual ta’lim o’quvchilarning boshqa o’quvchilar bilan bevosita aloqalarini ko’zda tutmaydi. O’z mohiyatiga ko’ra sinf jamoasi yoki muayyan guruhlar bilan ishlashdan tubdan farq qilmasa-da, biroq o’quvchi o’zining shaxsiy imkoniyatlariga muvofiq o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni mustaqil bajaradi. Bu maqsad yo’lida maxsus tayyorlangan kartochkalardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |