Darslarda o’yin texnologiyalardan foydalanish. O’qitishning faol pedagogik texnologiyalari. Pedagogik akmeologiyada o’yin texnologiyalar


Download 23.93 Kb.
bet2/3
Sana24.04.2023
Hajmi23.93 Kb.
#1393975
1   2   3
Bog'liq
O`yinli texnologiyalar.

Ma’ruza. Ma’ruza o’qitishning eng keng tarqalgan shakli bo’lib, pedagogik faoliyatda yetakchi o’rinni egallaydi. U o’qituvchi mehnatining oliy shakli darajasida e’tirof etiladi. Uni bir tomonlama aloqaning ko’rinishi, deb ham ataladi. Bunda o’qituvchining faolligi va tinglovchilarning nofaolligi ko’zda tutiladi. Biroq munozara shaklida bayon etiladigan ma’ruza eng faol pedagogik texnologiya elementidir. Munozarali ma’ruzada tinglovchilarning faolligi juda yuqori bo’lishiga erishish mumkin.
Iqtisodiyot o’quv predmetlarini, odatda, ko’proq ma’ruzalar tarzida bayon etiladi. CHunki bunday kurslar ko’proq nazariy yoki umumlashtiruvchi xarakterga tabiatan ega bo’ladilar. Pedagogik terminologiya nuqtai nazaridan ularni bilish, aqliy umumlashtirish mashg’ulotlari deb hisoblash mumkin. Bunda metodikaning barcha boshqa metodlari kamroq samarali bo’lib qoladilar. Ma’ruzani tashkil etish paytida o’qituvchi o’quv predmetining eng muhim jihatlarini alohida ta’kidlash evaziga muvaffaqiyat qozonishi mumkin.
O’qituvchi-pedagog avval talabalarni individual (yakka tartibdagi), so'ngra guruhli o'yinlarga tayyorlashi va uni o'tkazishi, o'yin muvaffaqiyatli chiqqandan so'ng esa, ularni ommaviy o'yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki talabalar didaktik o'yinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o'rtasida hamkorlik, o'zaro yordam vujudga kelishi lozim.
O'yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi.
O'yin olimlar tadqiqotlariga ko'ra mehnat va o’qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi.
Psixologlarning ta'kidlashlaricha, o'yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o'zini namoyon qilish, hayotda o'z o'rnini barqaror qilish, o'zini o'zi boshqarish, o'z imkoniyatlarini amalga oshirishning ftindamental ehtiyojlariga tayanadi.
O'yin ijtimoiy tajribalarni o'zlashtirish va qayta yaratishga yo'nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o'z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
D.N. Uznadzening ta'rificha, o'yin shaxsga xos bo'lgan ichki immanent psixik (ruhiy) xulq shaklidir.
L.S. Vigodskiy o'yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o'zlashtirish vositasi sifatida ta'riflaydi.
A.N. Leontev o'yinga shaxsning xayolotdagi amalga oshirib bo'lmaydigan qiziqishlari (manfaatlari)ni xayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi.
Psixologlar ta'kidlaydilarki, o'yinga kirishib ketish qobiliyati kishi yoshiga bog’liq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun o'yin o'ziga xos bo'ladi.
O'yinli faoliyat muayyan funksiyalarni bajarishga bag’ishlangan bo'ladi.


Download 23.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling