Darslarni to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazish


Download 6.97 Kb.
bet1/3
Sana26.10.2023
Hajmi6.97 Kb.
#1724920
  1   2   3
Bog'liq
Darslarni to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazish-fayllar.org


Darslarni to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazish

Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti



Darslarni to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazish
Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti
SHMT 4-kurs sirtqi bo’limi
turk – ingliz guruhi talabasi
Ne’matov Jasurbekning
taqdimot ishi
Toshkent 2023

Reja:
  • Darsni tashkil etish shakllari.


  • Noan’anaviy darslar.


  • Darsga tayyorlanishning texnologik mohiyati


  • Dars shakllarining yutuq va kamchiliklari.


  • Ta’lim turlari.


  • Xulosa.



  • Foydalanilgan adabiyotlar.


Darsni tashkil etish shakllari

Dars – о‘quv faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli.
Ta’limning turli shakllaridan samarali foydalanish muhim didaktik vazifa sanaladi. Ta’lim amaliyotida ta’limning jamoaviy (ommaviy), guruhli va individual shakllaridan foydalaniladi.
Dars bevosita о‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan о‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi.
Noan’anaviy darslar.
XX asrning 70-yillarida о‘quvchilarning darslarga qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi. Xavfni bartaraf etish uchun nostandart darslarning tashkil etishga e’tibor qaratildi.
Darsga tayyorlanishning texnologik mohiyati
Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog‘liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha о‘ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va о‘quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bо‘la olmaydi.
Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlaydigan o‘quv jarayonini tashkil etishning komleks choralarini ishlab chiqishdir.
O`quv yurtning tarixan taraqqiy etish davrida ta'limni tashkil qilish shakllari turlicha bo`lgan. Ta'limni tashkil etish shakllari ma'lum ijtimoiy tuzum va shu tuzumning manfaatlariga mos holda shakllangan.
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk chеx pеdagogi Ya. A. Komеnskiy (1592 - 1670) tarixda birinchi bo`lib maktab ta'limida sinf - dars tizimini yaratdi.
Ya. A. Komеnskiyning ta'limni tashkil qilish haqidagi qarashlari bir qator jiddiy qarshiliklarga uchragan bo`lsa ham g`arb mamlakatlariga juda tеz tarqaldi va ta'limni tashkil qilishning birdan-bir shakli dеb e'tirof etildi.
Ya.A.Komenskiy “Buyuk didaktika“ asarida, o’quv mashg’ulotlarini guruh shaklida tashkil qilish, o’quv yili va o’quv kunini bir vaqtda boshlash, mashg’ulotlar orasida tanaffuslar berilishini, guruhlardagi bolalarning yoshi va soni bir xil bo’lishiga alohida e’tibor berdi. Dars davomida o’quvchilar diqqatini to’plash, materialni batafsil tushuntirish, o’quvchiga savollar berish, o’zlashtirish jarayonini nazorat qilish zarurligini ta’kidlaydi.

Download 6.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling