Darsligi asosida tuzilgan testlar


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/61
Sana25.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1396793
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
5 sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar to\'plami

@Ona_tili_va_adabiyot_N1


Mavzulashtirilgan testlar to‘plami Nuriddin Eshbekov 
 
49 
she‘rning ajoyib namunalaridir. 
She‘rning erkin (sarbast) she‘r degan shakli ham mavjud bo‗lib, bunda misralardagi hijolar miqdori, ularning 
cho‗ziq yoki qisqaligi hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Erkin she‘r «verlibr» (fransuzcha vers - she‘r, libres - 
erkin so‗zlaridan) degan xalqaro atama bilan ham yuritiladi. Bunda misralarning turlicha turoqlanishi, 
qofiyalanishdagi erkinlik shoirga o‗z fikrini izchil ifodalash imkonini beradi. Erkin she‘rda ohangdorlik va ifodalilik 
talabi, she‘r g‗oyasi va shoir maqsadini ochib beruvchi har bir so‗z ijodkor xohlagan tartibda alo- hida satrlarga 
chiqarilishi mumkin. Cho‗lpon, H. Olimjon, G‘.G‗ulom, M. Shayxzoda, Usmon Nosir, Mirtemir kabi shoirlar ijodida 
erkin she‘rning ajoyib namunalari uchraydi. 
Nasriy she‘rda ham she‘rga, ham nasrga xos xususiyatlar mavjud bo‗ladi. Nasriy she‘rning asosiy belgilari: a) 
ma‘lum vaznga va izchil qofiyaga ega emasligida; b) ramziy tasvir uslubining ustunligi va fikriy umumlashmaning 
kuchliligida; d) his-hayajonning balandligi va ritorik qaytariqlarning ko‗pligida; e) o‗ziga xos ritmik tuzilishi va 
pauzalarning ko‗pligida namoyon bo‗ladi. Nasriy she‘r nasrdagi nazm, mansur she’rlar, mansuralar, sochmalar deb 
ham atalishi mumkin. Nasriy she‘rlar Fitrat, Oybek, Mirtemir, Omon Muxtor, Omon Matjon, Ibrohim G‗afurov kabi 
shoirlar ijodida ko‗plab uchraydi. 
RUBOIY HAQIDA TUSHUNCHA 
 
Ruboiy arabcha so‗z bo‘lib, to‗rtlik degani. Sharqda keng tarqalgan she‘r turi, lirik janr. To‗rt satrdan iborat 
bo‗ladi. Ko‗pincha birinchi, ikkinchi, to‗rtinchi satrlari qofiyalanib keladi. Harflar bilan ko‗rsatganda a-a-b-a shaklida 
bo‗ladi. Ba‘zan har to‗rt satri o‗zaro qofiyalanishi (a-a-a-a) mumkin. Qofiya misra oxiridagi ohangdosh so‗zdir. Radif 
misra oxiridagi takrorlanuvchi so‗zdir. Masalan: 
Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidur, 
Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidur. 
Yaxshi kishi ko‗rmagay yomonlik hargiz, 
Har kimki, yomon bo‗lsa, jazo topqusidur. 
Qofiyadosh so'zlar: vafo-jafo-jazo: 1-, 2-, 4- satrlar o‗zaro qofiya- lanyapti. 
Demak, qofiyalanish tizimi a-a-b-a. 
Radif- topqusidur. 

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling