Darslik Mutaxassisliklar


Oliy ta’lim standartlari quyidagi toifalarga bo‘linadi


Download 1.4 Mb.
bet17/110
Sana08.03.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1251049
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   110
Bog'liq
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .

Oliy ta’lim standartlari quyidagi toifalarga bo‘linadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim standartlari:

  • Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar;

  • Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori.

  • Oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim standartlari — ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlari.

Oliy ta’lim standartlari quidagi toifalarga bo’linadi (3.2-rasm.).
Muayyan ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

  • zarvaraq (titul);

  • mundarija;

  • muayyan ta’lim sohasi (soha tarkibi)ning umumiy tasnifi;

  • bitiruvchilarning soha bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar;

  • o‘quv reja tuzilmasi;

  • kadrlar tayyorlash sifatini baholash.







  1. rasm. Oliy ta’lim standartlari toifalari.

Ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti ikkita (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari) qismdan iborat bo‘ladi.
Me’yoriy hujjat turlari. Quyidagilar oliy ta’limning me’yoriy hujjatlari hisoblanadi:

  • oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligining malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv fanlari dasturlari;

  • oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalarining muayyan ish faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar.

Me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish. Oliy ta’limning ta’lim sohalari davlat ta’lim standartlari va me’yoriy hujjatlari «OT DTS. Asosiy qoidalar» va Oz DSt
1.0:1998, O‘zRST 1.8-94, Oz DSt 1.9-1995. standartlariga muvofiq holda ishlab chiqiladi.
Qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni o‘qitishning modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling