Darslik Mutaxassisliklar


Download 1.4 Mb.
bet26/110
Sana08.03.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1251049
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110
Bog'liq
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .

Ilmiy-tadqiqot ishlari:

  • mustaqil tadqiqotchilik faoliyatining amaliy ko‘nikmalarini hosil qilishi;

  • axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalaridan foydalanib ilmiy- tadqiqotlar o‘tkazish, tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va aks ettirish, ilmiy maqolalar tayyorlashga doir bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirishi;

  • talabalarga fan, texnika va texnologiyaning eng yangi yutuqlariga asoslangan axborot bazalarini qo‘llay bilish, ulardan magistrlik dissertatsiyasini bajarishda foydalanish ko‘nikmasini singdirishi lozim.

Ilmiy-pedagogik ishlar:

  • zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o‘quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalangan holda pedagogik faoliyat mahorati va ko‘nikmalarini shakllantirishi;

  • o‘quv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etish uquvi va ko‘nikmalarini hosil qilishi lozim.

Stajirovka ilmiy tadqiqot ishlari taqozo etganda individual ilmiy izlanish va tajriba-sinovlarni o‘tkazish maqsadida tashkil etiladi.
Stajirovka:

  • ilmiy tadqiqot olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishi;

  • iqtisod, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash va boshqa tarmoqlardagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishi;

  • amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarni shakllantirishi;

  • kasbga samarali moslashuvni ta’minlashi lozim.

Bunda stajirovkaga yo‘llangan magistratura talabasi o‘quv jarayoni jadvalini individual grafik asosida bajarishi ko‘zda tutiladi.
Magistraturada o‘qishning me’yoriy muddati 2 yil bo‘lganda o‘quv jarayoni 100 haftani tashkil etishi zarur.
O‘qish davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanishi zarur:

  • nazariy ta’lim - 25-30%;

  • attestatsiya - 4-7%;

  • ta’tillar - 13-16%;

  • ilmiy faoliyat - 50-55%.

Ilmiy faoliyat magistratura talabasining yakka tartibdagi kalendar ish rejasi asosida amalga oshiriladi va quyidagilarga bo‘linadi:

  • ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash - 70-75%;

  • ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti - 25-30%.

Nazariy ta’lim hajmi magistratura mutaxassisligiga qarab quyidagi tarzda fanlar bloklari bo‘yicha taqsimlanadi:

  • umummetodologik fanlar - 30-35%;

  • mutaxassislik fanlari - 40-50%;

  • tanlov fanlari - 13-30%.

Magistratura mutaxassisliklari talabalarining ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash tartibi va malaka amaliyoti(stajirovka)ni o‘tash tartibi oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
O’quv rejalarini tuzishda fanlarni o’rganishning quyidagi uch usuli hisobga olinadi:
parallel o’rganish - barcha fanlar bir vaqtda o’rganiladi; bu usul pedagogika jihatidan hamma vaqt ham to’g’ri bo’lavermaydi, chunki fanlararo mazmunli bog’lanishlar o’rgatish imkoniyatini cheklab qo’yadi; asosan, bir yillik o’quv rejalari tuzishda qo’llaniladi;
ketma-ket o’rganish - o’zaro bog’langan fanlar ketma-ket o’rganiladi; bu usul fanlararo bog’lanish uchun eng yaxshi sharoit yaratadi; o’qitish muddati uzoq (3-4 yil) bo’lganda o’quv fanlari soni cheklangan o’quv rejalarida qo’llaniladi;
aralash o’rganish - fanlar o’quv rejasiga ham parallel, ham ketma-ket kiritiladi; bu usul o’qish muddati 2-3 yil bo’lgan o’quv rejalari tuzishda eng ko’p tarqalgan.
Fanlararo bog’lanishlarni ta’minlash uchun umumkasbiy va asosiy umumta’lim fanlari, odatda, o’qitishning birinchi bosqichida o’rganiladi, bu davrda ishlab chiqarish ta’limiga va maxsus fanlarni o’rganishga ajratiladigan vaqt bir oz qisqartiriladi.

  1. O’quv va ishchi o’quv dasturi.


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling