Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


-BOB. BOZOR VA UNING QONUN-QOIDALARI


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

2-BOB. BOZOR VA UNING QONUN-QOIDALARI


14
Bozordagi xaridorlar — bu ma’lum miqdordagi tovarlarni ma’lum
narxda sotib olish ishtiyoqi va buning uchun puli bor bo‘lganlardan iborat.
Bozordagi tovarni sotib olish uchun pul kerak, buning uchun esa
nimanidir  sotish  kerak,  shu  bois  xaridor  sotuvchi  vazifasini  ham
o‘taydi. Bozor har ikki tomonning hojatini chiqargani uchun manfaatli
bo‘ladi, chunki sotuvchi o‘z tovarini pullashdan manfaat topsa, xaridor
o‘ziga kerakli tovarni topib, iste’molini qondiradi.
Bozor iqtisodiyotda g‘oyat muhim vazifalarni bajaradi:
1. Ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni sotish orqali iste’mol-
chilarga yetkazib beradi. Bozorda tovarlar ko‘p bo‘lib, ulardan keragini
tanlab oladilar. Тovarga to‘yingan bozor iste’molni to‘laroq qondiradi.
2. Ishlab chiqarishning uzluksiz borishini ta’minlaydi. Bozorda
tovarlar sotilgach, xarajatlar qoplanadi, ya’ni sarflangan pul ishlab
chiqaruvchiga  ortig‘i  bilan  qaytadi.  Bozordan  tushgan  pulga
tadbirkorlar yangidan resurslar sotib oladilar, ularni ishlatib, qaytadan
tovar yaratib, uni yana bozorga chiqaradilar. Shu taxlitda uzluksiz
ishlab chiqarish yuz beradi, ya’ni u qayta va qayta takrorlanadi.
3. Iqtisodiyotni tartiblab turadi. Bozor nimani va qancha ishlab
chiqarish zarurligi haqidagi signalni (axborotni) tadbirkorlarga yetkazib
turadi. Signal vazifasini bozor narxi o‘taydi. Narxning ortishi tovarni
ko‘plab chiqarishni, pasayishi esa uni kamroq ishlab chiqarish yoki
undan tamomila voz kechish zarurligini bildiradi.
4. Xalqaro miqyosda o‘zaro manfaatli savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatadi.
Oldi-sotdi  aloqalari  mamlakat chegarasidan  chiqib,  davlatlararo  yuz
beradi. Bu bilan mamlakatlar bir-biriga yaqinlashadi, ular iqtisodi bir-
biriga bog‘lanib, o‘rtadagi mojarolar o‘rniga hamkorlik keladi.
Bozordagi aloqalar ikki yo‘sinda, ya’ni bevosita va bilvosita yuz
beradi.  Bevosita  aloqa  o‘rnatilganda  ishlab  chiqaruvchining  o‘zi
mahsulotini iste’molchiga o‘zi sotadi, ular o‘rtasida hech kim turmaydi.
Masalan, «Yulduz» tikuvchilik korxonasi o‘z tovarini iste’molchilarga
o‘zining magazini orqali sotadi.
Bilvosita aloqa o‘rnatilganda ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotini
savdo firmalariga beradi, ular esa buni iste’molchiga sotadi. Masalan,
«Yulduz» korxonasi o‘zi ishlab chiqargan kiyim-kechakni magazinlarga
yoki mol-buyum bozoridagi kichik savdogarlarga sotadi, iste’molchi
tovarni  korxonadan  emas,  balki  mana  shulardan  oladi.  Bu  yerda
savdodagi vositachilik kelib chiqadi. Vositachilik vazifalarini bozor

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling