Narxning o‘zgarishiga nisbatan talabning o‘zgarish darajasi
talabning elastikligi deyiladi.
Chizmada DD chizig‘i narx yuqori bo‘lgandagi talabni, D
1
D
1
va
D
2
D
2
chiziqlari narx pasaygan sharoitdagi talabni ifodalaydi. Narx
oshganda DD chizig‘i chapga qarab siljiydi, chunki xarid qisqaradi.
Misoldan ko‘rinadiki, 1kg bug‘doy 100 so‘m bo‘lganda, unga talab
250 kg bo‘lgan, narx 80 so‘mga tushganda talab 350 kg, nihoyat,
narx 60 so‘mga kelganda talab 450 kg bo‘lgan. Demak, narx pasaysa,
talab o‘ng tomon siljiydi, ya’ni D
2
D
2
va D
1
D
1
chizig‘i shakliga kiradi.
Тalab qonuniga ko‘ra talab bilan narx o‘rtasida miqdoriy bog‘liqlik
bor, lekin bu mutlaq emas, chunki talabga narxdan boshqa omillar,
chunonchi, xaridor daromadining o‘zgarishi, xaridor didining o‘zga-
rishi, yangi modaning kirib kelishi, reklama, tovarning nasiyaga sotilishi
ham ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |