Bozor iqtisodiyotida tovar nafliligining pasayib borishi qonuni
bor, unga ko‘ra har bir xarid qilingan keyingi tovarlarni iste’mol
qilishdan olingan qoniqish pasayishga moyil bo‘ladi, chunki iste’mol
darajasi oshgan sari undan to‘yinish hosil bo‘ladi.
Har bir qo‘shimcha tovarning nafliligi oldingisiga nisbatan past
bo‘ladi, chunki talabning to‘yinishiga qarab dastlab kuchli bo‘lgan
naflilik asta-sekin pasayib boradi. Shubhasiz, bir juft oyoq kiyim xarid
qilinganda xaridor uchun uning nafliligi g‘oyat yuqori, ammo beshinchi
juft oyoq kiyim olinganda, uning nafliligi past bo‘lishi turgan gap,
chunki xaridor yalang oyoq emas, endi uning kundalik va ohorlik
uchun kiyadigan poyabzali bor. Xaridor uchun qo‘shimcha tovar
nafliligining pasayib borishi talabga ta’sir etmay qolmaydi, albatta.
Buni ovqat iste’moli misolida ko‘ramiz. Masalan, och xo‘randa
somsa yeganda birinchi somsadan 6 birlikka teng qoniqish olsa,
ikkinchisidan 5 birlikka, uchinchisidan 3 birlikka, to‘rtinchisidan
1 birlikka teng qoniqish oladi, nihoyat, beshinchisidan hech qanday
qoniqish olmaydi va uni yemaydi. Jami iste’moldan (4 dona) ko‘rilgan
naflilik 15 birlikka teng (6+5+3+1=15), ammo u 6 dan 1 gacha
pasayib boradi, so‘ngra nolga teng bo‘ladi. Keltirilgan misol asosida
chizma hosil etsak, u quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Naflilikning pasayish qonuni shuni ko‘rsatadiki, tovarlar ko‘payib,
bozor to‘yingan sari muayyan tovarlarga talab qisqaradi. Shuni hisobga
olib, tovar chiqaruvchi firmalar nafliligi pasayib ketgan tovarlar o‘rniga
nafliligi yuqori, shu bois xaridorgir, yangi tovarlarni chiqarib turishlari
talab qilinadi, shundagina ularning ishlari yurishib ketishi mumkin.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |