2.4. Talab qonuni
Naflilik tovarlarni xaridor uchun naqadar kerakligini bildirsa, ularning
narxi xarid etish imkoniyatini ifodalaydi, chunki tovarni sotib olish uchun
pul kerak va uning miqdorini narx belgilaydi. Shu sababli xaridor tovarning
nafliligini uning narxi bilan taqqoslaydi. Xullas, tovarning qadr-qiymati
degan narsa borki, bu o‘zida tovarning naqadar naf keltira olishi va necha
pul turishini mujassamlaydi. Shunga qarab bozorda tovar xaridi yuz beradi.
Тovar narxining talabga ta’sirini talab qonuni ifoda etadi.
Тalab qonuni bozordagi talab tovarlarning narxiga nisbatan
teskari mutanosiblikda o‘zgarishini bildiradi.
50 100 150 200 250 300 350 400 450 500
0
1000
900
800
700
600
500
400
300
200
100
Bug‘doyga talab, kg
1
kg
bu
g‘
do
y
n
ar
xi
,
so‘m
D
D
1
D
2
D
D
1
D
2
Тalab qonunini
(
)
B
I
T
Q
P
=
×
formulasi bilan ifoda etish mumkin.
Bunda: Т
B
— talab, Q — tovar miqdori, P — tovar narxi. Тalab qonuniga
binoan boshqa shart-sharoit o‘zgarmagan holda narx oshsa, talab miqdori
qisqaradi, narx pasaysa, aksincha, talab ortadi. Тalab qonuni narx va
talabning o‘zaro bog‘liqligini bildiradi. Narx arzonlashganda, talab ortadi,
chunki ilgari muayyan tovarni sotib olishga qurbi yetmaganlar uni xarid
etish imkoniga ega bo‘ladilar, ya’ni endi bunga ularning puli yetadi. Ayni
vaqtda shu tovarni oldin olib yurganlar ham endi uni ko‘proq xarid eta
oladilar. Narxning o‘zgarishi bir tovarga bo‘lgan talabni boshqasiga, ya’ni
o‘rinbosar tovarga ko‘chiradi. Narxi o‘zgarmagan tovar arzonlashgan tovarga
nisbatan qimmat bo‘ladi, shu sababli xaridor arzon tovarni xush ko‘rib,
uni ko‘proq xarid etadi. Narx oshganda talab qisqaradi, xaridorlar muayyan
tovarni kamroq oladilar yoki uni olmay qo‘yadilar. Narxi oshgan tovarga
bo‘lgan oldingi talab narxi oshmagan tovar tomon buriladi.
Narxning talabga ta’sirini bug‘doy narxi misolida tuzilgan quyidagi
chizmadan ko‘rish mumkin:
19
Do'stlaringiz bilan baham: |