Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


  «Iqtisodiyot  va  valuta  ittifoqi»  doirasidagi  integratsiya


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

4.  «Iqtisodiyot  va  valuta  ittifoqi»  doirasidagi  integratsiya.  Bu
integratsiyaning  oliy  shakli  bo‘lib,  mazkur  ittifoqqa  kirgan  mam-
lakatlar iqtisodiyot, valuta va siyosiy sohada yagona yo‘l tutadilar.


139
Yevropa ittifoqida dastlab 15 ta mamlakat birlashib, yangi iqtisodiy
uyushmani tashkil etdi. Bu yerda yagona tartibda budjet, soliq va
kredit tizimi  o‘rnatiladi. Ulardan  12 tasiga  2002-yil yagona  pul—
«yevro» degan valuta kiritildi. Albatta, bu iqtisodiyotni yuksak darajada
birlashtiradi, ammo ayrim mamlakatlar o‘zining iqtisodiy mustaqil-
ligidan qisman voz kechishiga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiy birlashuvga mos ravishda Yevropa davlatlarining ba’zi
bir  vakolatlari  Yevropa  parlamenti,  Yevropa  ministrlar  sovetiga
beriladi, ularning milliy chegaralari bir-biri uchun ochiq bo‘ladi. Xalqaro
integratsiya  unda  ishtirok  etuvchi  har  bir  mamlakatning  iqtisodiy
taraqqiyoti uchun qulay sharoit hozirlaydi, chunki umumiy bozor bo‘lgani
holda resurslarni mamlakatlararo oqilona taqsimlanishi yuz beradi.
Hozirda jahon xo‘jaligiga globalizatsiya, ya’ni globallashuv ham xos.
Globalizatsiya — bu iqtisodiyotning umumbashariy tus olishi, har
bir mamlakat milliy xo‘jaligining jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar
ta’siriga berilishidir. Globalizatsiya integratsiya jarayonida o‘zaro birlash-
magan mamlakatlarda ham yuz beradi. Buning natijasida ish kuchi,
kapital, investitsiya, yangi texnologiya va nihoyat, yangicha iqtisodiy
g‘oyalarning dunyo  bo‘yicha tezda  tarqalishi, iqtisodiyot rivojlanib,
farovonlikning oshishi, yer yuzida kambag‘allar sonining qisqarishi yuz
beradi. Globalizatsiya investitsiyalarni eng yuqori samara beradigan
mamlakatlarga oqib borishiga olib keladi. Natijada dunyodagi iqtisodiy
o‘sish tezlashadi, ammo bu notekis yuz beradi. Iqtisodiyot tez o‘sayotgan
yerlarda ish o‘rni ko‘payib, o‘sha yerga ish kuchi ko‘chib o‘tishi yuz
beradi. Oqibatda kishilar o‘z o‘rnini tark etib, boshqa yurtlarga ko‘chib
borishga majbur bo‘ladilar. Globalizatsiya mamlakatlar iqtisodini bir-
biriga  bog‘lab  qo‘yganidan  iqtisodiy  tanglik  va  risklar  ham  bir
mamlakatdan boshqasiga ko‘chib o‘tadi. Masalan, 2008-yil AQSH da
boshlangan moliya krizisi butun dunyoga yoyildi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling