7-BOB. XONADON XO‘JALIGI
7.1. Xonadon xo‘jaligi
Iqtisodiyot ishtirokchilari orasida xonadon xo‘jaligi ham bor, uni
G‘arbda uy xo‘jaligi deb ataydilar.
Xonadon xo‘jaligi — bu iste’molchilar birligi, iste’molni
yakunlovchi bo‘g‘in.
Xonadon oilaga tayanadi, lekin u bilan bir xil narsa emas. Agar
oila kishilarning qon-qarindoshchilikka asoslangan birligi bo‘lsa,
xonadon ularni iqtisod ishtirokchilari sifatidagi kichik birligini tashkil
etadi. Xonadonning bosh belgisi, iste’molning umumiyligidir, ya’ni
kishilarning iste’mol jarayonida birlashuvidir. Тovar va xizmatlarni
birgalikda iste’mol etish uchun moddiy va pul mablag‘larini birlash-
tiruvchi kishilarning kichik guruhlari xonadon bo‘ladi. Xonadonning
yuzaga kelishi uchun qon-qarindosh kishilarning daromadi yagona
budjetni tashkil etishi, u birgalikda sarflanishi va shu yo‘sinda shaxsiy
iste’mol qondirilishi zarur. Xullas, xonadon bo‘lishi uchun, xalq ta’biri
bilan aytganda, kishilarning qozon-tovog‘i bir bo‘lishi kerak.
Xonadonga birlashib iste’mol etishning afzalligi bor, chunki yakka
tarzda iste’mol yuz berganda u qimmatga tushadi. Masalan, bitta
gilamdan bir kishi foydalangandan ko‘ra, undan 4—5 kishilik xonadon
foydalangani afzal bo‘ladi, chunki gilam xarajati bir kishiga nisbatan
xonadonda ancha kam bo‘ladi. Xonadondagi tejamli iste’mol pul
birligining (masalan, 1000 so‘mning) sarfidan katta naflilik olish, ya’ni
iste’molni maksimumlashtirish imkonini beradi. Ayniqsa, bu hali
iqtisodi yuqori bo‘lmagan mamlakatlar uchun muhim. Yer yuzidagi
210 mamlakatdan 170 tasi ana shunday mamlakatlardir.
Xonadon turlari quyidagi chizmada ko‘rsatilgan:
Xonadon turlari
Oilasiz, so‘qqa-
boshlar xonadoni
Bir oilali xonadon
Ko‘p oilali xonadon
Xonadonning asosiy turi ko‘p yerlarda bir oilali xonadondir.
66
Firmalar
Xonadonlar
Davlat
Resurslar
Tovarlar va xizmatlar
beradi
oladi
beradi
oladi
Do'stlaringiz bilan baham: |