Bozor — bu sotuvchilar va xaridorlarning tovarlarni pul vositasida
oldi-sotdi etish borasida yuzaga keladigan o‘zaro manfaatli iqtisodiy
aloqalardir.
Bozorda sotuvchilar va xaridorlar bir-biriga duch keladi.
Sotuvchilar ma’lum turdagi tovarlarni bozorga chiqarib, uni ma’lum
narxda xaridorlarga taklif etuvchilar bo‘ladi. Bular jumlasiga firmalar,
aksioner jamiyatlar, fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, yakka
tartibda ishlovchilar, yollanma ishchilar va davlat idoralari kiradi.
Ayni paytda, shularning o‘zi bozorda xaridor vazifasini ham o‘taydi.
Ular bozorda bir narsani sotsa, boshqasini sotib oladilar. Firma bozorda
o‘z tovarini sotsa, bozordan o‘ziga kerakli asbob-uskuna, xomashyo,
yoqilg‘i va turli materiallarni sotib oladi. Ishchi o‘z kuchini bozorda
sotgani holda, tirikchilik uchun kerakli tovarlarni bozordan xarid
etadi. Xo‘sh, tovarning o‘zi nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |