Tovar – bu bozorda pul vositasida ayirboshlanadigan, ya’ni oldi-
sotdi qilinadigan mahsulotlar va xizmatlardir.
Tovarlar ishlab chiqarishda yaratiladi, so‘ngra bozorga chiqariladi,
u yerdan sotib olingach iste’molga kelib tushadi. Tovarlar dunyosi
g‘oyat boy va rang-barang bo‘ladi. Hozir yer yuzida 25 mln xil
tovarlar bozorda ayirboshlanadi. Yirik supermarket xaridorlarga 20 –
25 ming xil tovarlarni taklif etadi. Tovarlar pul vositasida ayir-
boshlanadi. Tovar sotilganda u pulga ayirboshlanadi, u sotib olinganda
esa, pul tovarga ayirboshlanadi. Pul bozor aloqalariga xizmat qiluvchi
hammabop iqtisodiy vosita, quroldir. Shu sababli bozor iqtisodiyoti
pulga asoslangan iqtisodiyot hisoblanadi. Pul tovarlarni ayirboshlashga
xizmat qiladi, sarf-xarajat va topilgan daromadni o‘lchash vositasi
bo‘ladi va nihoyat jamg‘arish vositasi sifatida boylik to‘plashga xizmat
qiladi. Pul iste’molchi qo‘lida tovarni xarid etishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |