talab va taklif munosabati shakliga kiradi.
Тalab — bu xaridorlarning ma’lum miqdor va turdagi tovarlarni
ma’lum narx bilan ma’lum vaqt davomida sotib olish ishtiyoqini
bildiradi.
Тalab asosida ehtiyoj yotadi. Ammo talab bo‘lishi uchun tovarning
xaridorga zarurligi, unga naf keltira olishi kifoya bo‘lmaydi, chunki
tovarni sotib olish uchun xaridorning qurbi, ya’ni puli yetishi shart.
Demak, ehtiyoj pul to‘lash bilan ta’minlangandagina talabga aylanadi.
Ehtiyoj bo‘lgani holda xarid uchun pul bo‘lmasa, u talabga aylanmaydi.
Avtomashinali bo‘lish ehtiyoji hammada bor, lekin avtomashinani
olish uchun yetarli pul ayrim saylangan kishilarda, ya’ni puldorlarda
bo‘ladi. Ehtiyoj pul va tovar narxi orqali talabga aylanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |