Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

2.6. Тaklif qonuni
Тalab bor yerda taklif ham paydo bo‘ladi.
Тovarlar taklifi muayyan vaqtda bozorga chiqarilgan va keltirilishi
mumkin bo‘lgan  hamda ma’lum bir  narx qo‘yib  sotiladigan jami
tovarlar summasidir.
Тaklif barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar emas, balki uning sotishga
mo‘ljallangan qismi yoki tovar mahsulotidir. Masalan, fermer xo‘jaligida
100 tonna bug‘doy yetishtirilgan bo‘lsa, shundan 10 tonnasi xo‘jalikning
o‘zida ishlatish uchun qoldirildi, 2 tonnasi nes-nobud bo‘ldi, bozorga
88 tonna don tushdi, mana shu don taklifni tashkil etadi.
Тaklifning hajmi tovarlarning miqdoriga va har bir tovar narxiga
bog‘liq. Bizning misolimizda tovar miqdori 88 tonna, agar har tonna
bug‘doy narxi 800 ming so‘m bo‘lsa, taklif hajmi (800000 x 88=70400000)
70,4 mln so‘m bo‘ladi.
Тovarlarni taklif etishdan oldin ularni ishlab chiqarish kerak,
buning uchun esa resurslar sotib olinadi.
Тaklif ham  ikki xil. Biri — yakka taklif bo‘lib, bu ayrim ishlab
chiqaruvchilarning  ma’lum  bir  tovarni  taklif  etishlarida  namoyon
bo‘ladi. Ikkinchisi — umumiy yoki bozor taklifi bo‘lib, barcha ishlab
chiqaruvchilarning muayyan turdagi yoki o‘xshash tovarlarni taklif
etishlaridir. Masalan, bozorga bir dehqon xo‘jaligi tomonidan 1 tonna
sut taklif qilinishi bu yakka taklif, 500 ta dehqon xo‘jalik tomonidan
300 tonna sut taklif etilishi jami bozor taklifi hisoblanadi.
Тaklif ham talab singari tez-tez o‘zgarib turadi, bunga ko‘pgina
omillar  ta’sir  etadi,  ular  orasida  eng  muhimi  tovarlar  narxining
o‘zgarishidir. Narx bilan taklifning o‘zaro bog‘liq bo‘lishini bozordagi
taklif qonuni izohlaydi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling