Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

3.2. Bizneschilar
Biznes bilan hamma emas, balki pul topish qobiliyati borlar
shug‘ullanadi. Pulni sarflash hammaning qo‘lidan keladi, ammo
pulni topish, uni ko‘paytirib borish noyob qobiliyat talab qiladi.
Buni tadbirkorlik qobiliyati deydilar. Bu tug‘ma qobiliyat bo‘ladi.
Shunday  qobiliyat  ozchilikda  bo‘ladi  va  ular  bizneschiga  ay-
lanadilar. Hozirgi kunda maktabni bitiruvchilarning ko‘pi bilan
5—8 foizi biznesga kirib boradi. Biznes bilan shug‘ullanuvchilar
har xil:
1)  Individual  yoki  yakka  tartibda,  ya’ni  shaxsan  o‘zi  va  oilasi
bilan biznes qiluvchilar;
2) Jamoa tarkibida yoki sherik bo‘lib biznes qiluvchilar;
3) Davlat biznesi — davlat nomidan biznes qilish.
Individual  biznes  eng  ko‘p  tarqalgan  va  ko‘pchilikni  qamrab
oluvchi biznes, u xususiy mulkchilikka tayanadi. Jamoadagi biznes
ham  rivoj  topgan.  U  shirkatlar,  kooperativlar,  aksioner  jamiyatlari
doirasida  yuz  beradi.  Davlat  biznesi  esa  cheklangan,  o‘ta  muhim
sohalarda saqlangan. O‘zbekistonda ham biznesning turli shakllari bor.
Biznesning asosiy shakllari quyidagi chizmada ko‘rsatilgan:


28
O‘zbekistonda  biznesning tashkiliy
shakllari
Jamoa bo‘lib
biznes  qilish
Davlat  nomidan
biznes  qilish
Individual  biznes
Kichik
korxonalar
Davlat
korxonalari
Yakka
tartibda
ishlash
Koopera-
tivlar
Aksioner
jamiyatlar
Fermer
xo‘jaligi
Davlat
ishtirokidagi
aksioner
jamiyatlar
Tomorqa
xo‘jaligi
Shirkatlar
Agrofir-
malar
Dehqon
xo‘jaligi
Biznesni ishlab chiqarishdagi korxonalar va xo‘jaliklar ishi bilan
cheklab bo‘lmaydi, chunki qayerda pul topish mumkin bo‘lsa, o‘sha
yerda biznes bo‘ladi.
Pulli universitetlar (masalan, AQSHdagi Garvard universiteti),
kollejlar, maktablar, kasalxonalar, o‘yingoh, konsert zallari, kinostu-
diyalar, sport klublari ham biznes bilan shug‘ullanadi. Sport klublari
sport o‘yinlari va janglarini ko‘rsatib pul oladilar, bularni ko‘rsatish
huquqini telekompaniyalarga sotadilar, bular yuzasidan qimor o‘ynab
tikilgan puldan ulush ko‘radilar, reklama uchun pul oladilar, sport-
chilarni tayyorlab sotadilar (masalan, boy futbol klubi zo‘r o‘yinchini
20, 50 va hatto 80 mln dollarga sotib oladi). Xullas, qayerdan pul
topishga kimning imkoni bo‘lsa, shu biznes bilan shug‘ullanadi. Ammo
biznes bilan har xil darajada band bo‘lishadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling