Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

3.6. Тadbirkorlik riski
Risk inglizcha (risk) so‘z bo‘lib, tavakkalchilik degan ma’noni
anglatadi. Riskka bozorning hamma ishtirokchilari kabi tadbirkorlar
ham yo‘liqadi. Xo‘sh, risk nima?
Savdo-moliya  va
servis   sho‘ba
korxonasi
Neft  mahsulotlarini
yetkazib  beruvchi
sho‘ba  korxona
Neft  xoldingi
(bosh korxona)
Neftni  qayta
ishlovchi  sho‘ba
korxona
Geologiya-qidiruv
sho‘ba  korxonasi
Neft qazib  oluvchi
sho‘ba  korxona
Risk  iqtisodda  bor  narsa,  lekin  bir  firma  riski  katta  bo‘lsa,
boshqasiniki  kichik  bo‘ladi.  Riskning  sababi  bozorda  noaniqlik
bo‘lishidir. Firmalar g‘oyat ko‘p, ular bir-biridan alohida, mustaqil
ish yuritadi, o‘zaro raqobatlashadi, bir firma boshqasi nima ish qilishini
oldindan bilmaydi, ularni o‘zaro bog‘lab turuvchi vosita bozordir,
ular nima qilganligi bozorda ma’lum bo‘ladi. Firmalar yaxshi ishlagan
bo‘lsa, tovarlari sotiladi, foydasi ko‘payadi, yomon ishlagan bo‘lsa,
buning aksi yuz beradi. Firma bozordan kelgan signal — axborotga
qarab ishlaydi. Bu axborot simmetrik va asimmetrik bo‘ladi. Simmetrik
axborot  —  bu  haqiqiy  bo‘lib,  bozordagi  real  holatni  bildiradi.
Asimmetrik axborot bozordagi holatni to‘la va real aks ettirmaydi.
Axborot haqiqiy bo‘lmay, vaziyatni chala aks ettirgan holda firma
unga binoan ish qilganida riskka duch keladi.


33
Firma riskining uch turi bor:
1. Ishlab chiqarish riski. Bunda firma o‘zi ko‘zlagan miqdordagi
va turdagi mahsulotlarni ishlab chiqara olmaydi.
2. Тijorat riski. Bunda firma o‘z tovarlarini mo‘ljallangan hajmda
va narxda sota olmay qoladi.
3. Moliyaviy risk. Bunda firma kutilgan foydaga erisha olmaydi
yoki zarar ko‘radi, aksiyasini yaxshi pullay olmaydi, soliq ortib ketadi,
davlatdan kutgan moliyaviy yordami kamayadi yoki umuman tegmaydi.
Bizneschilar riskka turlicha qaraydi. Ulardan birlari riskka borishga
tayyor turishadi, xatar borligini bilaturib tavakkaliga ish boshlaydi.
Boshqalari riskka befarq qaraydilar. Yana boshqalari umuman riskni
xush ko‘rmay, uni chetlab o‘tishga intiladilar.
Risk katta bo‘lganda unga borish katta foyda keltirishi mumkin,
lekin xatar ham ko‘p bo‘ladi. Riskka borilmaganda kam foyda bilan
qanoatlanishga to‘g‘ri keladi, lekin xotirjamlik bo‘ladi. Odatda yirik
va baquvvat firmalar riskka ko‘proq boradilar, kichik va zaif firmalar
xonavayron bo‘lmaslik uchun risk qilmaslikka moyil bo‘ladilar. Ammo
hech  kim  riskdan  kafolatlanmaydi,  lekin  uning  oldini  olish  yoki
kamaytirish mumkin.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling