Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

3.7. Biznesning axloqiy qoidalari
Biznes ko‘pchilik bilan bo‘ladigan ish, shu sabab bizneschida vijdon,
imon, or-nomus kabi  xislatlar bo‘lishi talab qilinadi, chunki biznesda
oldi-berdi doimo bo‘ladi, ya’ni bir tovar olinib, boshqasi sotiladi, qarz
olinadi, qarz beriladi, doimo o‘rtada pul yuradi. Rasmiy va norasmiy
qoidalarga itoat qilish talab qilingandagina biznes madaniy faoliyat bo‘lishi
mumkin, aks holda u bir-birini aldash va qalloblikka aylanadi. Biznesning
rasmiy qoidalari — bu qonun hujjatlarida va davlat yo‘riqlarida belgilangan
biznes yuritish tartibi. Norasmiy qoidalar – qonun yo‘li bilan belgilanmagan,
lekin azaldan odat tarzida saqlanib kelgan qoidalar. Bular jumlasiga lafz
va halollik qoidasini kiritish mumkin. Lafz degan narsa — bu so‘zining
ustidan chiqish, va’daga vafo qilish, boshqalar oldidagi o‘z majburiyatlarini
kanda qilmay bajarish demakdir. Lafzga amal qilinmasa bizneschining
puturi ketadi, u biznes olamida obro‘sizlanadi. Lafz — bu majburiyatlarni
shunchaki ado etish emas, uni halollik bilan vaqtida ado etishdir.
Biznesning  axloqiy  qoidasi  faqat  pulni  qanday  topishga  emas,
balki uni qanday sarflashga ham taalluqlidir.
Madaniy  biznes  dabdabani  va  o‘z  boyligini  ko‘z-ko‘z  qilishni
inkor etadi, uni el-yurt va Vatan ravnaqi yo‘lida sarflash zarurligini
bildiradi. Biznes ishi boylikni iste’mol yo‘lida sovurishni ham inkor
etadi. Bizneschi, shubhasiz, topganiga yarasha yaxshi yashashi lozim,
lekin bu isrofgarchilik va nonko‘rlik qilish degani emas. Har qanday


34
ko‘p pulning ham o‘z hisob-kitobi bor, shuning uchun xalqimizda
«Pulning o‘zini topishdan ko‘ra uning hisob-kitobini topish qiyin»
degan naql bor. Madaniyatli bizneschining yurish-turishida kamtarlik
aks etadi, u o‘z shaxsiy iste’moli bilan boshqalardan ajralishga intil-
maydi, aysh-ishratga berilmaydi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling