1. Asosiy kapital — bu uzoq vaqt xizmat qiluvchi moddiy
resurslarga sarflangan va o‘zini shu vaqt davomida oqlovchi kapitaldir.
Masalan, firma 100 mln so‘m turadigan stanoklar sotib olgan. Stanoklar
5 yil xizmat qiladi, ularga sarflangan pul har yiliga (100:5=20) 20 mln
so‘mdan tovarlar narxiga kiradi, ular sotilgach egasiga qaytib keladi.
Mana shu pul amortizatsiya ajratmasi bo‘ladi.
2. Aylanma (oborot) kapital — bu qisqa vaqtda ishlatiladigan
moddiy va mehnat resurslariga sarflangan va shu vaqt davomida
egasiga qaytib keladigan kapital. Masalan, firma 100 mln so‘mlik
stanokni ishlatish uchun xomashyo, elektroenergiya, har xil materiallar
va butlovchi qismlarni 50 mln so‘mga sotib oladi, yana 50 mln so‘mga
ishchilarni bir yilga yollaydi. Bular tovar chiqarib sotilgach, masalan,
bir oydan so‘ng egasiga qanchasi ketganiga qarab qaytib kela boshlaydi.
Birinchi 50 mln so‘m oyiga 10 mln so‘mdan 5 oyda qaytib keladi,
ikkinchi 50 mln so‘m 25 mln so‘mdan 2 oy deganda qaytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |