Investitsiya foyda olish maqsadida firma ishining rivojiga qo‘shimcha
mablag‘ qo‘yishdir.
Firma investitsiyasiga zarur pul 3 manba hisobidan shakllanadi:
1) firmaning asosiy kapitalidan yiliga ajratiladigan amortizatsiya puli;
2) firmaning o‘z foydasi, ya’ni foydadan ishchilarga mukofot, korxona
egalariga dividend berilgandan so‘ng qolgan foyda. Buni taqsim-
lanmagan foyda ham deyishadi; 3) qarz ko‘tarilgan pul.
Investitsiya samaradorligini ta’minlash uchun quyidagilar talab
qilinadi: birinchidan, investitsiya keltiradigan foyda bank beradigan
foizdan yuqori bo‘lishi kerak. Agar shunday bo‘lmasa, pulni
investitsiyalagandan ko‘ra, uni bankka qo‘yib, bemalol foiz olish qulay.
Ikkinchidan, investitsiyadan keladigan foyda inflatsiya darajasidan yuqori
bo‘lishi talab qilinadi. Agar yillik inflatsiya 5 foiz bo‘lsa-yu, foyda 15
foizga teng bo‘lsa, inflatsiya beradigan 5 foiz zarar qoplanib, 10 foiz
foyda olingan bo‘ladi. Uchinchidan, investitsiya eng serfoyda ishga
qo‘yilishi lozim, buning uchun u novatsiya (ingl. novation — yangi)ga,
yangi tovarni yangi texnologiya bilan chiqarishga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |