44
foydaning o‘sishi va uning taqsimlanishi, tovarlarning sotilish hajmi,
soliqlarni to‘lay bilish, qarzdorlik darajasi, dividend olish, investitsiya
qobiliyati va, nihoyat, bankrot bo‘lish ehtimoli.
Reyting firma ishiga berilgan umumiy baho bo‘lib, bu nafaqat
firma egalari uchun, balki u bilan aloqa qiluvchi firmalar, soliq
idoralari va boshqalar uchun ham g‘oyat muhim. Firma ahvolini
baholovchi eng muhim narsa uning moliyaviy barqaror bo‘lishi, ya’ni
uning puli yetarli bo‘lishi va qarzga botmasligi hisoblanadi. Shu o‘rinda
firmaning
likvidligi (
frans. liqudite — suyuqlashuv) paydo bo‘ladi.
Firmaning likvidligi uning o‘z majburiyatlari yuzasidan pul to‘lay
olishi, o‘z qarzini uzishga qodir bo‘lishidir. Likvidligi yuqori firmalar
rivojlanib ketadilar. Aksincha, likvidligi past firmalar bankrotlikka
yuz tutadilar (bankrotlik italyancha so‘z bo‘lib, banko+rotto singan
kursi degan ma’noni anglatadi).
Bankrotlik firmaning to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib sinishidir.
Barqaror firmalar kelajak sari shaxdam borsalar, bankrot bo‘l-
ganlar yarim yo‘lda qolib, halokatga uchragan kema singari g‘arq
bo‘ladilar.
Firmalardan birining rivojlanib ketib, boshqasining bankrot bo‘lishi
bozor iqtisodi uchun tabiiy hol hisoblanadi, chunki muqobil tanlovga
firmalar ham duch keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: