Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Foyda — bu ishbilarmonligi, kapital sarflab tavakkaliga xatarli


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Foyda — bu ishbilarmonligi, kapital sarflab tavakkaliga xatarli
ishga qo‘l urgani uchun tadbirkorlarga tegadigan pul mukofotidir.
Ish kuchi egasi ish haqi degan daromad olsa, firma egasi foyda
shaklidagi  daromadni  oladi.  Foyda,  birinchidan,  kapitalning,
ikkinchidan, ishbilarmonlikning mahsulidir. Foyda deganda, odatda,
iqtisodiy foyda tushuniladi.
Foyda (F) daromad (D) bilan xarajat (X) o‘rtasidagi farqqa teng
bo‘ladi, ya’ni F=D–X.
Foyda
Xarajat
Daromad
Foyda  miqdori  narxga  nisbatan  to‘g‘ri  mutanosiblikda,
xarajatlarga nisbatan teskari mutanosiblikda o‘zgaradi.
Foydaning miqdori unga ta’sir etuvchi omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Bular narx va xarajatdir. Shunga binoan iqtisodda shunday qoida mavjud:
Xarajatlar  o‘zgarmagan  taqdirda  tovar  narxining  ortishi  foydani
ko‘paytiradi,  uning  pasayishi  foydani  kamaytiradi.  Bordi-yu  narx


40
o‘zgarmagan sharoitda xarajatlarning ortishi foydani kamaytirsa, ularning
pasayishi  foydani  ko‘paytiradi.  Har  ikkala  holda  ham  F=D–X
bo‘lishi saqlanib qoladi. Narx va xarajat foydani qarama-qarshi yo‘nalishda
o‘zgartiradi. Xarajatning ortishi foydaning qisqarishini bildiradi (4.1-rasm).
Birinchi 3 ta ustunda narx o‘zgarmagan holda (=100) xarajatning
ortishi va pasayishining foydaga ta’siri ko‘rsatilgan. So‘nggi 3 ta ustunda
xarajat o‘zgarmagan holda narx ortishining foydaga ta’siri ko‘rsatilgan.
Foyda ortib borishi uchun narx pasaygan taqdirda xarajat undan
ko‘proq pasayishi  zarur (P=–5% bo‘lsa,  X=–8%) va  shuningdek,
xarajat oshgan taqdirda narx undan ko‘proq ortishi kerak (X=+10%
bo‘lsa,  P=+12%).  Bu  tushunarli,  chunki  qanchalik  P>X  bo‘lsa,
shunchalik ularning farqi — foyda ortib boradi. Xarajatning foydaga
ta’sirini mehnat unumdorligi yuzaga keltiradi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling