Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Тovar va xizmatlarni sotishdan firma ixtiyoriga keladigan pul


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Тovar va xizmatlarni sotishdan firma ixtiyoriga keladigan pul
tushumi uning daromadi bo‘ladi.
Firmaning umumiy daromadi (D) uning qo‘liga tushgan jami pul.
Uning miqdori sotilgan tovarlar miqdoriga (Q) va har bir tovarning narxiga
(P) bog‘liq. Agar firma tovarni ko‘p chiqarsa va yaxshi pullay olsa, uning
daromadi ko‘p bo‘ladi, chunki D= Q P. Masalan, firma hozir 100 ming
dona tovar chiqarib, uning har birini 5 ming so‘mdan sotsa, uning daromadi
=100 ming Ѕ 5 ming = 500 mln so‘m bo‘ladi. Bordi-yu u keyinchalik
120 ming dona tovar chiqarib, uning har birini 6 mingdan sotsa, uning
daromadi =120 ming x 6 ming = 720 mln so‘m bo‘ladi.
Yaxshi daromad topish uchun firma bozorbop tovarni chiqarishi
kerak, chunki shundagina uni yaxshi pullay oladi. Firma daromadining
miqdori uning ish ko‘lamiga ham bog‘liq bo‘ladi. Agar yirik firma
ko‘p tovar chiqarsa, kichik firma oz chiqaradi, natijada ular har xil
tushumga ega bo‘ladilar.
X
O‘


39
Firma uchun faqat umumiy (yalpi) daromad emas, balki o‘rtacha
daromad ham muhim, chunki bu qanchaga tushgan bitta tovardan
qancha pul kelganini bildiradi. O‘rtacha daromad (D
O‘ 
) — bu tovar
birligini sotishdan kelgan pul. Uni aniqlash uchun jami pul tushumi
(D) sotilgan tovarlar miqdoriga (Q) bo‘linadi. Bunda 
 ‘
 
 
O
D
D
Q
=
 hosil
bo‘ladi. Agar firma 180 mln so‘mlik tushumni 20 ming dona tovar
sotishdan olgan bo‘lsa, bunda o‘rtacha daromad 
180  mln
 
 
 
 9
20 ming
 ‘
D
O
=
=
ming.
Firma  qoqilmay-netmay  ishlab  ketishi  uchun  uning  daromadi
xarajatlarni qoplashdan ortib qolishi va foyda olish imkonini berishi
kerak.  Masalan,  firmaning  bitta tovar chiqarishi  7  mingga  tushgan
holda undan kelgan o‘rtacha daromad 9 ming bo‘lgan. Demak, bunda
D
O‘
>X
O‘
  bo‘lgan, ya’ni 9>7. Bunda 2 ming foyda bo‘ladi (9 – 7 =2).
4.4. Foyda
Foyda olishga intilmagan firma bo‘lmaydi. Xarajat qilishdan ham
maqsad foyda ko‘rishdir. Xo‘sh, foyda nima?

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling