Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Miqdori ishlab chiqarish hajmiga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Miqdori ishlab chiqarish hajmiga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda
o‘zgarib turuvchi xarajatlarga o‘zgaruvchan xarajatlar deyiladi.
Miqdori ishlab chiqarish hajmiga qarab o‘zgarmaydigan xarajatlar
doimiy xarajatlar deyiladi.
Bular jumlasiga ijara haqi, foiz to‘lovlari, reklama haqi, garov
puli, amortizatsiya ajratmasi, sug‘urtalash puli va oldindan to‘lanishi
zarur bo‘lgan maoshlar kiradi. Bularning miqdori firmaning qancha
mahsulot ishlab chiqarishiga bog‘liq emas va hatto firma ishlamagan
taqdirda ham ular to‘lanishi kerak.
Masalan, firma bankdan yiliga 10 foizdan to‘lash sharti bilan 100
million so‘m olgan, demak, u pul olganidan keyin uni ishlatadimi yoki
yo‘qmi, baribir, bankka yiliga 10 million so‘m to‘lashi shart. Yoki binoni
yiliga 500 ming so‘mga ijaraga olgan bo‘lsa, uni ham to‘lashi zarur.
Shunday xarajatlar ham borki, ularning miqdori ishlab chiqarish hajmiga
qarab  o‘zgarib  turadi,  bular  jumlasiga  ish  haqi,  xomashyo,  yoqilg‘i,
yordamchi materiallar, butlovchi qismlar, transport xarajatlari kiradi.
Bu xarajatlar ishlab chiqarish hajmi ortsa ko‘payadi, qisqarsa kamayadi.
Masalan, to‘qimachilik fabrikasi 100 million so‘mlik gazlama to‘qib
chiqarish uchun 70 million so‘m sarf qildi. Shundan 30 million so‘m
paxta  tolasiga,  10  million  so‘m  bo‘yoqqa,  10  million  so‘m
elektroenergiyaga, 10 million so‘m ish haqiga sarf qilindi. Qolgan 10


37
million so‘m mashina-uskunalar amortizatsiyasi, ijara haqidan iborat.
Aytaylik, fabrika gazlama to‘qib chiqarishni 20 foiz oshirib, mahsulot
hajmini  120 million so‘mga yetkazdi. Buning uchun qo‘shimcha ravishda
paxta uchun 6 mln so‘m, bo‘yoq uchun 2 mln so‘m, elektroenergiya
uchun 2 million so‘m, ish haqi uchun 2 million so‘m sarflaydi. Ammo
bu ish uchun ijara haqi, mashina-uskunalar sarfini oshirish talab qilinmaydi,
ular 10 mln so‘mligicha qoladi. Xarajatlar farqini anglash uchun quyidagi
doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning chizmalarini solishtiramiz:
0      100    200    300    400
400
300
200
100
Ishlab  chiqarish  hajmi
X
a
r
a
j
a
t
0      100    200    300    400
Ishlab  chiqarish  hajmi
400
300
200
100
X
a
r
a
j
a
t
Birinchi  chizmada  ishlab  chiqarish  hajmi 0  dan  400  ga  qadar
o‘zgarganda doimiy xarajatlar o‘zgarmay 100 birligicha qolgan. Ikkinchi
chizmada ishlab chiqarish hajmi 0 dan 400 ga qadar ortib borishiga
monand ravishda xarajatlar ham 0 dan 400 birlikkacha ortib borgan.
Firmani qiziqtiradigan narsa u yaratgan tovar yoki xizmat uning
uchun qancha turishidir. Buni esa o‘rtacha xarajat bildiradi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling