4-BOB. FIRMA FAOLIYAТI VA UNI BAHOLASH
4.1. Firmaning kapitali
Firma foyda topishdan iborat maqsadiga erishish uchun tovar va
xizmatlarni yaratishi hamda ularni sotishi kerak. Buning uchun esa
resurslar zarur, ularni hech kim tekinga bermaydi, shu sababdan
firma pul sarflashi, ya’ni o‘z ishiga kapital qo‘yishi kerak.
Kapital firmaning ta’sischilari qo‘ygan yoki qarz ko‘tarilgan pul
bo‘ladi. Firma shu pulga kerakli resurslar (masalan, mashina-uskuna,
binolar, xomashyo, yoqilg‘i butlovchi qismlar va ish kuchi)ni sotib oladi.
Bular qanchalik ko‘p kerak bo‘lsa va qimmat tursa, shunchalik kapital
ham ko‘p talab qilinadi va aksincha bo‘lsa kam kapital kerak bo‘ladi.
Firmaning pul shaklidagi kapitalining bir qismiga uzoq yillar xizmat
qiladigan mashina-uskuna, binolar sotib olinadi. Mashina-uskuna to‘zib
bo‘lgunigacha, aytaylik, 5 yil xizmat qilsa, binolar 50—100 yil mobaynida
xizmat qiladi. Aksincha, xomashyo, yoqilg‘i, materiallar tayyor mahsulot
chiqqunga qadar, masalan, bir oy xizmat qiladi, ish kuchi ishga
yollanilgan muddatda xizmat qiladi, masalan, bir yil ishlatiladi. Qanday
resurslarga sarflanishiga qarab firma kapitali 2 xil bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |