Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Menejment firma faoliyatini boshqarish bo‘lib, firma egasi va jamoasining manfaatlariga xizmat qiladi.
5-BOB. MENEJMENТ
5.1. Menejment va menejerlar Menejment (ingl. menegement) boshqaruv degan ma’noni bildiradi. Biroq menejment deganda umuman boshqaruvni emas, balki firmani boshqarish san’atini tushunish zarur. Menejment firma faoliyatini boshqarish bo‘lib, firma egasi va jamoasining manfaatlariga xizmat qiladi. Korxonadagi menejment nima uchun kerak? Korxona turli ichki bo‘g‘inlardan, ya’ni sexlar, bo‘linmalar, uchastka va brigadalardan iborat, u yerda band bo‘lganlar o‘ziga biriktirilgan ma’lum ishni bajaradilar. Mahsulot butun korxona ahlining birgalikdagi mehnati natijasida yaratiladi. Korxona turli bo‘g‘in- larida bajariladigan ishlarni muvo- fiqlashtirmay turib mahsulot yaratib bo‘lmaydi, mana shuning uchun menejment kerak. Agar korxonani musiqa orkestriga qiyoslasak, ayrim musiqa ijrochisi orkestr bo‘la olmaydi, hamma ijrochilar birlashganda va ularning kuy chalishlarini dirijor boshqar- ganda orkestr hosil bo‘ladi. Kor- xonaga ham boshqaruvchi-dirijor kerak (5.1-rasm). Firmaning maksimal foyda olishdan iborat maqsadiga yetish uchun menejmentda 3 ta asosiy vazifa hal etiladi: 1. Korxona ichidagi turli bo‘limlar ishini bir-biriga bog‘lab, ularni uyg‘unlashtirish. 2. Korxonaning bozor bilan, o‘z partnyorlari (sheriklari) bilan, xizmat ko‘rsatuvchi firmalar (banklar, sug‘urta kompaniyalari, resurs yetkazib beruvchilar va boshqalar) bilan bo‘lgan aloqalarini tashkil etish. 3. Korxona ishchi va xizmatchilarining mehnat motivatsiyasini (ingl. motivation — rag‘bat), ya’ni ularni mehnatga undovchi kuchni 5.1-rasm. Dirijor. 47 harakatga solish, ichki nizolarni hal etib, jamoada sog‘lom ijtimoiy- ruhiy muhitni yaratish. Nima boshqarilsa obyekt, kim boshqarsa shu subyekt bo‘ladi. Korxonadagi ishlab chiqarish va savdo-sotiq, moliyalash jarayonlari va unda ishtirok etuvchi ishchi-xizmatchilar menejment obyekti bo‘ladi. Bu jarayonlarga ta’sir etib, ularni muvofiqlashtirib turuvchilar, ya’ni boshqarish bilan shug‘ullanuvchilar (korxonadagi barcha rahbar xodimlar) uning subyekti hisoblanadi. Boshqarish ishini kichik korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklarida ularning egasining o‘zi bajaradi. O‘rta va yirik korxonalarda esa bu ishni korxona egalari nomidan maxsus xodimlar — menejerlar (boshqaruvchilar) olib boradi. Korxona o‘z egasi yoki menejer tomonidan boshqarilsa, bu individual (yakka) boshqarish hisoblanadi. Korxona aksioner jamiyat bo‘lganda korporativ (guruh bo‘lib) boshqarish bo‘ladi. Bunda boshqarishni faqat menejer emas, balki direktorlar kengashi, aksiyadorlarning umumiy majlisi birgalikda olib boradi. Menejerlar maxsus tayyorgarligi bor, boshqarishning sir-asrorlari va qonun-qoidalarini biluvchi malakali mutaxassislar, firmaga yollangan boshqaruvchilar hisoblanadi (bular direktor, boshqarma raisi, bosh inje- ner, bosh mexanik, bosh hisobchi, turli bo‘limlar bosh liqlaridir. 5.2 -rasm). Menejerlik o‘ta muhim va mas’uliyatli ish bo‘lganligi sababli menejer tayyorlashga firmalar katta pul sarflaydi. Masalan, AQSHda eng nufuzli oliy biznes maktabida ta’lim olish yiliga 25—30 ming dollar. 5.2-rasm. Menejerlar. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling