5.3. Menejment ishining bosqichlari
Menejment 4 bosqichli faoliyat bo‘lib, prognozlash, rejalashtirish,
ishni tashkil etish va ish natijasini baholashni o‘z ichiga oladi.
Prognozlash (ingl. forecasting) — korxona faoliyati natijalarini
tahlil etish asosida uning rivojlanish istiqbollarini belgilash. Prognoz-
lashda korxonaning rivojlanish ssenariyalari yaratiladi. Ssenariylar
korxonaning ishlash sharoiti o‘zgarmay qolganda, yaxshi tomonga
yoki yomon tomonga o‘zgarganda uning rivoji qanday bo‘lishi taxmin
etiladi, ya’ni gipoteza qilinadi. Odatda optimistik (ish yaxshi
ketganda) va pessimistik (ish yomonlashganda) korxona ahvoli qanday
bo‘lishi aniqlanadi. Prognozlar qisqa muddatli (1—1,5 yilgacha), o‘rta
muddatli (3—5 yilgi) va uzoq muddatli (7, 10, 15 yillik) bo‘ladi.
Rejalashtirish (ingl. planning — reja) — firma faoliyatini bozor
talabiga moslashtirish uchun kerakli chora-tadbirlarni oldindan
belgilash va sharoitga qarab ularga o‘zgartirishlar kiritib borishdir.
Ishlab chiqilgan rejada korxonaning maqsadi, unga erishish vositalari,
bajariladigan ustuvor vazifalar, ularni bajarish muddatlari aniqlanadi.
Rejalashtirish bir qator talablarga javob berishi kerak: rejalashtirishning
uzluksizligi, turli rejalar o‘zaro muvofiqlashtirilishi, rejada albatta bozordagi
real sharoit va raqobatchilar imkoniyatlarini nazarda tutish zarur.
Korxona rejalarida prognozlardan farqliroq gipoteza yoki taxmin
emas, balki amalga oshirilishi zarur bo‘lgan aniq ishlar belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |