6-BOB. MARKEТING
6.1. Marketing tushunchasi
Marketing inglizcha (marketing) so‘z bo‘lib, bozorda ishlash degan
ma’noni anglatadi. Marketing — bu firmaning bozor topish, uni
o‘rganish, unda o‘rnashib olib o‘z tovarlarini yaxshi pullash va
raqobatda yutib chiqishga qaratilgan faoliyatidir. Marketingning
maqsadi tovar sotishni ko‘paytirish orqali yaxshi foyda ko‘rish bo‘ladi.
Marketingning 5 ta qoidasi borki, firmalar ularga rioya etadi:
1. Тovarga xaridor topa bilish zarur.
2. Xaridor kutgan yangi tovarlarni yaratib, bozorga taklif etish
zarur.
3. Bozordagi tokchalardan (o‘rinlardan) birini egallab, u yerda
o‘z tovarlarini joylashtirish kerak.
4. O‘z tovariga qiziqish uyg‘otish, xaridorga xolis xizmat qilib,
uning ko‘nglini olish talab qilinadi.
5. Marketing bilan uzluksiz shug‘ullanish, uni doimo takomillash-
tirib borish kerak. Marketing ishi bilan shug‘ullanuvchilar mar-
ketologlar deyiladi, ularning faoliyati firmaning marketing xizmatini
tashkil etadi. Marketing xizmati bozorni ipidan-ignasigacha— hamma
jihatlarini bilishni talab qiladi.
Marketing firmaning ko‘z-qulog‘i, uning yordamida firma
bozorning sir-asrorlarini bilib oladi, u yerdan o‘ziga joy topadi,
tovarlarni xaridorlarga yetkazib, ularning pulini oladi va buni o‘z
daromadiga aylantiradi. Marketing bozor signali (axborotni) ishlab
chiqarishga yetkazib, yangi tovarlar yaratishni, bularga talab hosil
etishni ham bildiradi.
Marketing juz’iy va strategik bo‘ladi. Juz’iy marketing — qisqa
vaqtda, masalan, bir yilgacha bozorda yuz beradigan mayda-chuyda
o‘zgarishlarga firmaning moslashuvini bildiradi. Strategik marketing
kelajakka qaratilgan bo‘lib, uzoq vaqt mobaynida bozorda yuz
beradigan katta o‘zgarishlarga firma ishini moslashtirishni bildiradi.
Firma qaysi bozor bilan bog‘lanishiga qarab hududiy, milliy va jahon
bozori marketinglariga ajratiladi.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |