Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

6.2. Bozorning  tanlanishi
Marketing ishi bozorni o‘rganishdan boshlanadi, bundan maqsad
bu yerda o‘z o‘rniga ega bo‘lishidir. Firma xaridorga nima kerakligini,
u nimani sotib ola bilishi, unga yangidan nimani taklif etishni aniqlaydi.
Bozorda  raqobatchilar  bor,  ular  ham  qo‘l  qovushtirib  o‘tirmaydi,
ularning nima qilishlarini ham payqab olish talab qilinadi. Muhimi,
bozorni har tomonlama bilish, uning hajmini aniqlashdir.
Bozor hajmi — bu bozorda sotilishi mumkin bo‘lgan tovarlar
qiymatining summasi bo‘lib, bu tovar miqdoriga va har bir tovarning
narxiga bog‘liq bo‘ladi.
Тovarning  raqobatbardoshligi  —  bu  muayyan  tovarning
xaridor  talabiga  mos kelishi  va  shu  tufayli sotilib  keta  olishi,
ya’ni bozorda turib qolmasligi.
Resurs  yetkazib
beruvchi
Iste’molchi
(xaridor)
Ijtimoiy  kuchlar
Siyosiy  vaziyat
Raqobat
Iqtisodiy  vaziyat
FIRMA
Masalan, bir oyda bozorda 100 ming dona ruchka sotiladi, bir
dona ruchka 100 so‘m turadi. Unda bozor hajmi 100000x100=10000000
so‘mga teng bo‘ladi.
Bozorga qanday tovarni chiqarishni ham bilish zarur. Bunda xaridor
nimani afzal ko‘rishini aniqlash kerak bo‘ladi. Eng muhimi, firma
o‘z tovarining raqobatga chiday olishini ta’minlashi zarur.
Raqobatbardoshlikni  tovarning  nafaqat  sifati,  balki  uning  narxi
ham belgilaydi,  shu ikki tomonni  qiyoslagan  holda xaridor  tovarni
qadrlaydi. Marketing ishida bu bilan hisoblashmaslikning iloji yo‘q,
chunki firma o‘z bozoridagi konyunkturani kuzatib, undagi o‘zgarishlarni
doimo nazarda tuta bilishi zarur. Bozor konyunkturasi — bu muayyan
bozorning umumiy holati bo‘lib, narxlarni va tovarlar sotilish haj-
mining o‘zgarishi bilan tavsiflanadi. Marketing ishi konyunkturadagi
har bir o‘zgarishni ilg‘ab olishi va firma faoliyatini shunga moslashtirishi
kerak bo‘ladi. Firma o‘z ishiga tashqi muhit qanday ta’sir etishini
ham  nazarda  tutadi.  Firma  faoliyatining  tashqi  muhiti  quyidagi
chizmada ko‘rsatilgan:


57
Тashqi muhitni firma o‘zgartirishga qodir emas, bu uning qo‘lidan
kelmaydi. U shu muhitga moslashadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling