III. MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI
1. Quyidagi jumlalardan tushirib qoldirilgan to‘g‘ri so‘zni topib, o‘rniga
qo‘ying:
a) Marketing ishining vazifasi faqat bozorga moslashib olish emas,
balki o‘ziga yangidan .............. yaratib olish hamdir;
b) Bozor konyunkturasi bozorning .................... holatidir;
d) Тovarning nafliligiga ............. baho beruvchi ........................ dir;
e) Reklamaning asosiy talabi uning ................. bo‘lishidir.
Firmaning raqobatbardoshligi uning bozor sharoitiga moslasha
bilishi, yaxshi ishlash orqali bozorda o‘z mavqeyini mustahkamlay
olish qobiliyatidir.
64
2. Quyidagi savollarga javob berishga urinib ko‘ring:
a) Siz dehqon bozoridan qovun olmoqchisiz. «Mana shu qovun
qanchadan?» deb so‘rasangiz, sotuvchi sizga 2000 so‘m, lekin kami bor,
deydi. Xo‘sh, siz qanday narxga yo‘liqdingiz?
b) Siz dehqon bozoriga dekabr oyida kartoshka olish uchun keldingiz.
Sotuvchi kartoshka narxi 800 so‘m, lekin kami bor, dedi. Siz 720 so‘m
beraman, dedingiz, lekin sotuvchi ko‘nmadi. Siz 750 so‘m desangiz, rozi
bo‘ldi. Bu yerda qanday narx hosil bo‘ladi?
d) Siz «Markaziy univermag arzonlashtirilgan tovarlar sotishni boshladi»
degan e’longa binoan shu yerga keldingiz. Тrikotaj tovar bo‘limida arzon
noskilar sotilishiga duch keldingiz. Katta to‘plam noskilar oldida narx 550
so‘mdan boshlanadi, deb yozib qo‘yilipti. Siz 550 so‘mlik noski olaman
deb qidirsangiz, to‘plamda faqat bitta brak noski bo‘lib, narxi 550 so‘m
ekan. Boshqa noskilar narxi 800, 900, 1000 so‘m ekan. Xo‘sh, univermag
nima uchun shunday qildi?
e) Firma tovarni ko‘p olgan xaridorga uning narxini tushirib beradi.
Nega u shunday qiladi, narxni tushirish foydani kamaytirib yubormaydimi?
f) Savdo firmasi va oyoq kiyim fabrikasi modali tuflini arzon narxda
sotamiz deb e’lon qildi. Kimning e’loniga ko‘proq ishonsa bo‘ladi?
65
Do'stlaringiz bilan baham: |