Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Inflatsiya  bu  bozordagi  tovar  va  xizmatlarning  qimmatlashib


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Inflatsiya  bu  bozordagi  tovar  va  xizmatlarning  qimmatlashib
ketishi oqibatida pul birligi qadr-qiymatining, uning xarid qurbining
pasayib ketishidir.


62
Raqobat bir maqsadni ko‘zlagan firmalarning o‘zaro kurashi,
bellashuvidir.
Тovarning  zarurligini  xaridorga  yetkazishda  reklama  (lot.
reclamare– chaqirish, jar solish) asosiy vosita hisoblanadi.
Reklama xaridorlar ommasiga muayyan tovarning haqiqiy sifati
va afzalligini taqdim etuvchi odilona axborotdir.
Reklamaning  maqsadi  xaridorlarda  tovarni  sotib  olishga  istak
uyg‘otishdir.
Reklamaga  qo‘yilgan  asosiy  talab  uning  halol  bo‘lishi,  unda
g‘irromlik qilib xaridorni aldashga yo‘l bermaslikdir.
6.7. Raqobatlashuv
Marketing raqobatlashuv yo‘l-yo‘riqlarini ham belgilaydi.
Firmalar manfaati to‘qnashganda raqobat kelib chiqadi. Firmalar
bozordagi xaridor uchun, aniqrog‘i, uning pulini olish uchun o‘zaro
kurashadilar. Marketing ishi firmaning raqobatda yutib chiqishiga,
yutqizgan taqdirda ham kurashdan katta talafotsiz chiqishiga qaratiladi.
Bunda  2  xil  yo‘l  tutiladi  —  hujum  va  mudofaa.  Hujum  qilinganda
yangi tovarlar va servis taklif etiladi, narx va reklama jiddiy o‘zgartiriladi,
tovarni sotilish joylari, sotuvchilar soni ko‘paytiriladi. Mudofaa paytida
o‘zini  himoya  qilish  choralari  ko‘riladi,  raqibdan  oldin  tovarlar
chiqarilib, narx arzonlashtiriladi, reklama kuchaytiriladi.
Firmadagi  marketing  o‘z  tovarlarining  raqobatbardoshligini
kuchaytirishga qaratiladi. Тovarni raqobatbardosh qilish degani uni bir
xil, turdosh va o‘rinbosar tovarlarga nisbatan afzalligini ta’minlashdir.
Afzallik sifat va narx jihatdan bo‘ladi, chunki oddiy iste’molchi tovarni
tanlaganda  uning  sifatini  va  necha  pul  turishini  taqqoslaydi.
Raqobatbardoshlik uzoq muddatda ishlatiladigan tovarlarga nisbatan
taminlanganda ularni iste’mol etish qulayligi va ekspluatatsiya (ishlatish)
xarajatlari  ham hisobga olinadi.  Masalan, muzlatkichning  raqobat-
bardoshligini uning narxi, dizayni va hajmidan tashqari, unga qancha
elektroenergiya sarflanishi, qo‘pol bo‘lmasligi, shovqinsiz ishlashi, uni
texnikaviy ko‘rikdan o‘tkazib turish va ta’mirlash xarajatlarining kamligi
ham  belgilaydi.  Xaridor  uchun  sotib  olinganidan  so‘ng  darhol
ishlatiladigan tovarlarning sifati bilan narxi ahamiyatli bo‘lsa, uzoq
xizmat  qiladigan tovarlar  butun  ishlatish  davriga hisoblangan  narxi
(xarid narxi+ishlatish xarajati) arzon bo‘lganda raqobatbardosh bo‘ladi.
Madaniyatli  raqobat  kurashida  3  ta  usul  qo‘llanadi:  1)  narxni
o‘zgartirish; 2) tovar sifatini oshirish; 3) xaridorga yaxshi xizmat qilish.


63
Raqobatning muayyan vaziyatga qarab aytilgan usullaridan biri
tanlab olinadi yoki ular birgalikda qo‘llaniladi. Marketing oxir-oqibatda
firmaning raqobatbardoshligini ta’minlashi kerak.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling