Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Тovar narxining moslashuvchanligi — bu uning bozor sharoitiga


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Тovar narxining moslashuvchanligi — bu uning bozor sharoitiga
ko‘ra o‘zgarib turishidir.
Narxga tatbiqan marketing talabi — bu narxning moslashuvchan
bo‘lishidir.
Ko‘pchilik firmalar tovarning dastlabki narxini belgilaganda narx
xarajatlarini qoplab,  eng maksimal (ko‘p) foyda  olishni ko‘zlaydi.
Masalan,  firma 10  mln  so‘m foyda  olishi  uchun  10 mingta  tovar
chiqarib, uning har birini 1000 so‘mdan sotishi kerak. Firma shuni
mo‘ljal qilib 1000 so‘m turadigan tovar bilan bozorga chiqadi. So‘ngra
bozordagi sharoitga qarab narxni o‘zgartirib boradi. Narx zinadagi
harakat singari yuqori chiqib va pastga tushib turadi:
Firma  tovarini xaridor  yaxshi  qabul  qilsa, narx  A  nuqtadan  B
nuqta tomon yuqorilashadi. Agar buning aksi bo‘lsa, narx C nuqta
tomon pasaytiriladi.
Narx  belgilashda  firma  boshqacha  yo‘l  tutishi  ham  mumkin.
U dastlabki narxni past belgilab, xaridorni o‘rgatib oladi, so‘ng narx
oshiriladi. XX asrning 70-yillarida «Ford» kompaniyasi yangi avtomobil
modeli  —  «Ford  mustang»ga  2300  dollar  narx  qo‘ygan,  mashina
modaga kirib, yaxshi sotila boshlagach, unga arzimagan o‘zgarish
kiritilib, uning narxi yaxshigina oshirilgan.
Narx


61
Bozorning tahliliga asoslangan holda firma narx diversifikatsiyasini
ham  o‘tkazadi,  ya’ni  muayyan  tovar  narxini  har  xil  yerda,  har  xil
iste’molchi  uchun  turlicha belgilaydi.  Narx  diversifikatsiyasi 3  turda
o‘tkaziladi:
1.  Narxni  xaridorning  qurbiga  qarab  farqlantirish.  Masalan,
restoranga kunduzi oddiy xo‘randa tushlik qilgani keldi, uning puli
ko‘p emas. Uning pulini olish uchun restoran bir kishilik ovqat narxini
8600 so‘m qilib belgilaydi. Xuddi shu ovqat narxi kechqurun 15000
so‘m bo‘ladi, chunki restoranga puldor xo‘randa kelib dam olib ketadi.
2. Narxni tovarning sotilish hajmiga qarab tabaqalashtirish. Bunda
tovar oz olinsa, narxi yuqori, ko‘p olinsa, u past qilib belgilanadi.
3. Narxni mavsumga qarab tabaqalashtirish. Bunda narx talabning
mavsumiy o‘zgarishini hisobga oladi. Yoz kezlarida aviakompaniyalar
samolyot chiptasi narxini oshiradilar, chunki yozda safarga chiqish
ko‘p  bo‘ladi.  Aksincha,  qish  paytlarida  uchish  kam  bo‘lganidan
samolyotlarni to‘ldirish uchun chiptalar arzonlashtiriladi.
Firma  narxni xaridor talabiga binoan belgilaydi.
Masalan, erkaklar kastumiga narx 127,5 dollar qilib belgilanadi.
Buni  130  dollar  qilsa  ham  bo‘ladi,  lekin  firma  bunday  qilmaydi,
chunki ikir-chikirigacha maydalab belgilangan narxni xaridor adolatli
deb biladi, u  127,5 dollarni yaxshi qabul qiladi, har holda bu 130
dollar emas-da. Narx belgilashda firma inflatsiyani ham hisobga oladi.
Inflatsiya darajasini narxlar indeksi, ya’ni foizda ifodalangan o‘sishi
belgilaydi.  Narxlarning  o‘sishi  firma  xarajatlarini  ham  ko‘paytirib
yuboradi.  Bularni  qoplab  foyda  ko‘rish  uchun  yaratilgan  tovarlar
narxi ham oshiriladi.
Narx siyosati marketingning o‘ta muhim vazifasi, chunki narxga
qarab tovar sotilishi firmaning boyib yoki kambag‘allashib ketishiga
sabab bo‘ladi.
6.6. Reklama
Тovarlar sotilishi uchun bozordagi xaridorlar undan xabar topishlari
zarur, ayniqsa, bu tovarlar bozorga dastlab chiqarilgan paytda g‘oyat
muhim bo‘ladi, chunki odamlar tovar bilan tanish bo‘lmaydi. Shunday
paytda tovar haqida birinchi tasavvur berilib, unga dastlabki talab
chaqiriladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling