Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

7.4. Xonadon iste’molidagi tanlov
Xonadon o‘z bilganicha daromadini oshira olmaydi yoki narxni
o‘zgartira olmaydi, chunki bularni xonadonning kuchi yetmaydigan
omillar, aniqrog‘i, bozor qonunlari yuzaga keltiradi. Xonadon ularni
bekor qilishga ojiz, u bularni faqat hisobga olishi mumkin. Shuning
uchun u qo‘lidagi puli va narxga qarab tanlovga boradi, ya’ni nimani
qancha olishni o‘zi hal qiladi. Xonadon tanloviga ta’sir etuvchi kuchlar
quyidagi chizmada tasvirlangan:
Тanlov chog‘ida xonadon iste’molini maksimumlashtirishga intiladi.
U yonidagi puli va narxga qarab shunday tovarlar to‘plamini tanlaydiki,
bu bilan o‘z ehtiyojini imkoni boricha to‘laroq qondiradi. Buning uchun
u tovarlarning o‘zi uchun eng optimal kombinatsiyasini — to‘plamini
tanlaydi. Bu to‘plamga odatda 3 guruh tovarlar kiradi: 1) oziq-ovqat
tovarlari (A); 2) nooziq-ovqat tovarlari (B); 3) xizmatlar (C).
Bu tovarlar majmuasidan olinadigan naflilik, ya’ni qoniqish 100
birlikka teng bo‘lsa, bir xonadon uchun 60A+20B+20C bo‘lsa, boshqa
xonadonga 50A+25B+25C eng maqbul bo‘ladi. Maqbullik mezoni
xonadon o‘z daromadi va ehtiyojidan kelib chiqqan holda nimani
afzal  ko‘rishiga  bog‘liq.  Shunga  qarab  iste’moldagi  tovarlar  va
xizmatlar  kombinatsiyasi o‘zgaradi.  Afzal  ko‘rishga qarab  tovarlar
to‘plamining o‘zgarishini quyidagi chizmadan ko‘rsa bo‘ladi:
Chizmaga ko‘ra tanlab olingan to‘plamlar tarkibi turlicha bo‘lib,
50+50, 60+40, 70+30 va nihoyat, 80+20 shakliga ega.


69
Xonadon tanlovi  qotib  qolgan narsa  emas,  unga  o‘zgaruvchanlik,
ya’ni dinamizm xos bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan xarid qobiliyati, narx va
afzal ko‘rish boshqacha bo‘ladi. Natijada xonadon iste’molining hajmi va
tarkibi o‘zgaradi, bu esa ishlab chiqarishning yangilanishini talab qiladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling