Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

7.3. Xonadonning budjet chegarasi
Xonadon  iste’molini  qondiruvchi  pul  unga  daromad  sifatida
resurslar sotish natijasida va bevosita tovar ishlab chiqarish tufayli
tegadi.  Тadbirkor  xonadonida  foyda,  ishchi  xonadonida  ish  haqi,
pensioner xonadonida pensiya daromadning asosiy shakli hisoblanadi.
Bozor iqtisodida «Har kim ishlab topganini oladi» degan qoida borki,
unga ko‘ra xonadonning daromadlari, uning xarid qobiliyati turlicha
bo‘ladi. Ammo xarid qobiliyatini qo‘lga tekkan daromad (soliqlar va
boshqa to‘lovlar chegirilgandan keyin qolgan) miqdoridan tashqari
xonadonning  ilgarigi  pul  jamg‘armasini  sarflash,  hozirgi  pulini
jamg‘arish istagi ham belgilaydi.
Aksariyat xonadonlar ehtiyojning cheksizligi va daromadlarning
cheklanganligiga  yo‘liqadilar.  Buni  budjet  chegarasi  ifoda  etadi.
Xonadonning budjet chegarasi muayyan vaqtda uning ixtiyoridagi
pulning miqdoran cheklanganligidir.
Xonadon ahli ko‘p narsani xarid etgisi keladi, lekin daromadi
bunga imkon bermaydi. Xonadon xaridini cheklovchi yana bir omil —
bu narxlarning darajasidir. Iqtisodda shunday qoida bor:
Bu qoidani chizmada tasvirlasak, u quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling