Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
III. MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI
1. Quyidagi jumlalardan tushirib qoldirilgan so‘zni to‘g‘ri topib o‘rniga qo‘ying: 7. Xonadon jamg‘arishi. 8. Jamg‘arish koeffitsiyenti. 9. Jamg‘arish shakllari. 10. Xonadon investitsiyasi. 11. Inson omiliga investitsiya. 72 a) Xonadon.............birligidir; b) Xonadan iqtisodiyotning ......................................dir; d) Xonadon tanlovi 2 narsaga bog‘liq .................................va bozordagi..............................; e) Xonadondagi jamg‘arish koeffitsiyenti har doim..................kam bo‘ladi; f) Xonadon investitsiyasi uni kelajakda daromad topish uchun ..............................dir. 2. Quyidagilarga javob topishga urinib ko‘ring: a) Uchta xonadon bor, birinchisining daromadi asosan foydadan, ikkinchisiniki ish haqidan, uchinchisiniki uyini ijaraga berishdan kelgan puldan iborat. Qaysi xonadon tadbirkor hisoblanadi? b) Xonadon o‘zini o‘zi bir qator oziq-ovqat bilan ta’minlaydi, mahsulotlarning bir qismini sotadi. Bu xonadonning nimasi bor? d) Xonadondagi jamg‘arish koeffitsiyenti K-1, K-0,5, K-0,3, K-0,2, qayerda jamg‘arish bo‘lishi mumkin emas? e) Xonadon puldor emas, lekin har oyda daromadining 5 foizini jamg‘arib boradi. Bu xonadon nima qilmoqchi? f) Xonadon xotirjamlikni afzal ko‘radi. Uning 2 mln so‘m puli bor. Bu pulni qo‘shnisiga qarz bersa, oyiga 200 ming so‘m oladi, aksiya olsa, 1,5 ming so‘m dividend oladi, bankka qo‘ysa, 400 so‘m foiz oladi. Oila qaysi ishni qilish ehtimoli ko‘proq? 3. Quyidagi masalalarni yechib ko‘ring: a) Ikki xonadon bor, har ikkisida ham televizor bor. Birinchi xonadon televizori 180 ming so‘m turadi, 10 yil xizmat qiladi, lekin shu davrda 60 ming so‘mga tuzatiladi. Bir oyda bir kishining televizor ko‘rishi 400 so‘mni tashkil etadi. Ikkinchi oilada ham televizor xarajatlari shunday, lekin jon boshiga televizor ko‘rish 500 so‘m turadi. Xonadonlarda necha kishi istiqomat qilgan? b) Xonadon daromadining 5/4 qismi iste’mol uchun ishlatiladi, iste’mol etilgan qismning 25 foizga teng summasi jamg‘ariladi, buning 4/3 qismi investitsiyalangan bo‘lib, investitsiya miqdori 15000 so‘m. Xonadon daromadi necha so‘m? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling