Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò
Ishsizlik ishlashga bo‘lgan talabning qondirilmay qolishi yoki
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
Ishsizlik ishlashga bo‘lgan talabning qondirilmay qolishi yoki
mehnatga qobil kishilarning ishlab pul topishiga zarurat bo‘lgan holda bekor qolishidir. S oat ba y is h h aq i, s o‘ m da Ishga olinganlar soni 700 600 500 400 300 200 100 100 200 300 400 500 600 700 800 900 A M S D B 79 Mehnat yoshidagi kishilardan ma’lum qismining ishlashga bo‘lgan talabi qondirilmaydi, natijada ular ishga joylasha olmaydilar. Mana shular ishsizlarni tashkil etadi (8.2-rasm). Ishsizlikning sababi mehnatga bo‘lgan bozor talabining uning taklifidan oz bo‘lishidir. Тexnika taraqqiyoti tufayli mashinalarni ko‘plab ishlatish ish kuchiga bo‘lgan talabni qisqartiradi. Firmalar mehnat unumdorligini oshirib, ozchilik mehnati bilan ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish vositasida foyda olishni ta’minlaydilar. Masalan, firmada 50 ta stanok bo‘lib, 2 smenada 100 kishi ishlar edi, ular kuniga 10 mln so‘mlik mahsulot yaratishadi, shu mahsulotni sotish firmaga 1 mln so‘mlik foyda keltiradi. Firma 40 ta yangi, unumi yuqori stanok sotib oladi va 80 kishini ishlatib 12 mln so‘mlik mahsulot va 1,2 mln so‘mlik foyda oladi. Natijada 20 kishi ishdan bo‘shatiladi. Mehnatga talab u yaratgan tovarlarga bo‘lgan talabga ham bog‘liq. Тovarlar yaxshi sotilib turilsa, ularni ko‘paytirish uchun texnika o‘zgarmagan sharoitda qo‘shimcha ish kuchi kerak bo‘ladi. Aksincha, tovarlar sotilmay tursa, ularni ishlab chiqarishni qisqartirish kerak, bu ish kuchiga talabni kamaytiradi.Iqtisodda tushkunlik bo‘lgan paytda ishlab chiqarish qisqaradi, ishlab turganlarning bir qismi bo‘shatiladi. Bunga Yevropada 2009–2012-yillardagi iqtisodiy tanglik sharoitida ishsizlarning ko‘payishi misol bo‘la oladi. Ish haqi oshib ketganda ham ish joyi qisqaradi, chunki, masalan, 10 kishi oladigan ish haqi 8 kishiga berilsa, 2 kishi ishsiz qoladi. Bu, ayniqsa, yangi texnika kiritilganda yuz beradi, chunki malakasi yuqori kishilar ishga olinib, ularga yuqori haq to‘lanadi. Malakasi pastlar 8.2-rasm. Bandlar va ishsizlar. ISHXONA MEHNAT BIRJASI 80 ishsiz qoladi. Ishlab chiqarishda eski tarmoqlar qisqarib, yangilari rivoj topganda eski kasblarga talab qisqarsa, yangisiga talab ortadi. Lekin bu o‘zgarishlar miqdoran mos kelmay qoladi. Masalan, eski kasbga talab 40 foiz qisqarsa, yangi kasbga talab 25 foiz ortadi. Yangi kasbni egallab ulgurganlar ishga joylashadi, ulgurmaganlar ishsiz qoladi. Mehnatga talabning mavsumiy o‘zgarishi ham ishsizlikka olib keladi. Masalan, yoz mavsumida quruvchilar mehnatiga talab oshadi, yog‘in- sochin mavsumida talab qisqarib, quruvchilarning bir qismi ishsiz qoladi. Eski ishdan bo‘shagach, yangi ishga joylashguncha ham kishilar ishsiz bo‘lishi mumkin. O‘z ixtiyori bilan ishsiz qolish ham mumkin. Ish qobiliyati bor bo‘laturib or-nomusini yo‘qotib, sang‘ib yuruvchi bekorchilar (bomjlar) bor. Ular ishlash imkoni bo‘lsa-da, turli tasodifiy daromadlar bilan kun ko‘rish (tilanchilik qilish, xayr-ehson hisobiga yashash)ni afzal biladilar. Ishsizlikning sababi, aholining tez ko‘payishi ham bo‘ladi, bu iqtisodi zaif mamlakatlarga xos bo‘ladi. Bu yerda mehnat resurslari tez ko‘payib, mehnatning taklifi jadal ortadi, iqtisod kuchsiz bo‘lganidan mehnatga talab sekin o‘sadi. Natijada ishsizlik hosil bo‘ladi. Shunday sharoitda ortiqcha ish kuchi sohiblari, asosan yoshlar ish qidirib chet elga ravona bo‘ladilar. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling