Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

9.3. Iqtisodiy o‘sish turlari
Har qanday ishlab chiqarish resurs talab qiladi, lekin uning o‘sishi
resursning naqadar yaxshi ishlatilishiga ham bog‘liq. Shu bois iqtisodiy
o‘sishga baho berishda uning qanday sarflar hisobiga va qanday usullar
bilan yuz berishiga ham e’tibor beriladi. Shu munosabat bilan uning
serresurs va resurstejam usullari borligini aytib o‘tish lozim. Bular
ekstensiv va intensiv usul deb ham aytiladi.
Resurstalab iqtisodiy o‘sish  yaratilgan tovarlar va  xizmatlarni
resurslarni ishlab chiqarishga ko‘proq jalb etish hisobidan ko‘paytirish
demakdir. Bu usulda iqtisodiy o‘sishning miqdoriy omillari harakatga
keladi: ko‘proq yangi yerlar ochiladi, yangi konlar ishga tushiriladi,
yangi zavod-fabrikalar, sexlar quriladi, ishlab turgan korxonalardagi
stanoklar  ko‘paytiriladi,  ishlovchilar  soni  ortadi,  ammo  mehnat
unumdorligi  oshmaydi,  mahsulot  ishlab  chiqarish  xarajatlari
qisqarmaydi. Bu usul resurslarning ko‘proq ishlatilishiga asoslan-
ganidan, oxir-oqibat resurslarning yetishmasligi muammosi paydo
bo‘ladi. Resurslar kamayib borishi bilan bu usul ish bermay qo‘yadi.
Mazkur usul tabiatni avaylash va uning resurslaridan ehtiyotkorlik
bilan  foydalanish  talablariga  javob  bermaydi.  Natijada  iqtisodiy
o‘sish  resurslar  kamyobligi  bilan  sig‘ishmay  qoladi,  ishlab
chiqarishning  o‘sishi  o‘rniga  uning  qisqarishi  yuz  beradi.
Resurslarning ko‘plab ishlatilishi sharoitidagi iqtisodiy o‘sish quyidagi
chizmada ko‘rsatilgan:
Y
al
pi
 i
ch
ki
 m
ah
su
lot
Resurslar  sarfi
Resurslarni  avaylamay,  ularni  talon-taroj  qilish  nimaga  olib
kelishini  Gaiti  misolida  ko‘rish  mumkin.  Bu  yerda  resurslarga
vahshiyona munosabatda bo‘lindi, qisqa vaqtda dengizda ovlab, yeyish
mumkin  bo‘lgan  jonzot  tugadi,  o‘rmonlar  kesilib,  tamom  bo‘ldi.
Xalq ochlikka yo‘liqib, ommaviy ravishda mamlakatdan ko‘chib keta
boshladi.


88
Resurstalab ishlab chiqarish uzoqqa bormaydi, chunki resurslar
vaqti  kelib  tugaydi.  Ular  kamaygach,  iqtisodiyot  o‘sish  o‘rniga
pasayadi. Shu sababli bu usul nomaqbul hisoblanadi.
Resurstejam usul istiqbolli, chunki bu resurslarning cheklanganligini
inobatga olib, ular avaylab ishlatilishi kerakligini bildiradi. Bu usul resurslarni
kamroq sarflagan holda YAIM ko‘proq yaratilishini anglatadi. Iqtisodiy
o‘sishning 2 usulini farqlantirish uchun quyidagi chizmaga nazar tashlaymiz:
Resurs
Resurs
Resurs
Ishlab
chiqarish
Mahsulot
Mahsulot
Mahsulot
Resurs
Resurs
Resurs
Ishlab
chiqarish
Mahsulot
Mahsulot
Mahsulot
Mahsulot
Mahsulot
Resurstalab  o‘sish
Resurstejam  o‘sish
Chizmadan ma’lum bo‘ladiki, birinchi holda 3 ta resurs sarflab 3 ta
mahsulot olingan, ikkinchi holda esa xuddi shu 3 ta resurslardan 5 ta
mahsulot olingan, ya’ni natija oldingisidan 1,7 marta yuqori bo‘lgan.
Тejamkorlik  bilan  ishlab  chiqarish  hamma  resurslarni,  chunonchi,
mashina-uskuna, xomashyo, material, yoqilg‘i-elektroenergiya va nihoyat,
mehnatning avaylab  sarflanishini bildiradi, shuningdek,  mahsulot va
xizmatlar sifatini oshirishni ham anglatadi. Mahsulot birligiga resurslarni
kamroq sarflagan mamlakatlar boy bo‘ladi. Masalan, Yaponiyada 1995-
yil energiya sarfi birligiga olingan YAIM Perudagidan 8,5 marta ko‘p
bo‘lgan, shu bois Yaponiya boy, Peru esa kambag‘al edi.
Resurs tejashga asoslangan iqtisodiy o‘sish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi.
Uning asosiy sharti fan va texnikaning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan,
g‘oyat mukammal va serunum texnologiyani qo‘llash hisoblanadi.
Muayyan iqtisodiy sharoitda ham resurstalab, ham resurstejam
usul birgalikda, bir vaqtning o‘zida harakatda bo‘ladi. Ammo ulardan
qaysi birining iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda ahamiyati kuchli bo‘lsa,
shunga  qarab u  yoki  bu usul  ustun  deb  aytish mumkin.  Iqtisodiy
o‘sishni ta’minlashda qaysi usulning ustunligi mehnat unumdorligi
YAIM  o‘sishining  qancha  hissasini  berishiga  qarab  aniqlanadi.
Masalan, «A» mamlakatda YAIM 120 mlrd dollardan 140 mlrd dollarga
yetdi, ishlovchilar soni esa 6 mln dan 6,4 mln ga yetdi. Demak, oldin
bir ishlovchi yiliga 20000 dollarlik (120 mlrd : 6 mln = 20000), so‘ngra
esa 21875 dollarlik (140 mlrd : 6,4 mln = 21875) mahsulot yaratgan.


89
Demak, ishlovchilar soni:
     o‘sgan.
    YAIM esa
oshgan. Bino-
barin, YAIM o‘sishida mehnat unumdorligining ortishi ustuvorlik
qilgan, ya’ni u mahsulot miqdoriga nisbatan tezroq o‘sgan. Demak,
keltirgan misolimizda tejamkor iqtisodiy o‘sish bo‘lgan. Bu usulni
amalga oshirish uchun milliy iqtisodiyotga investitsiyalarni yuborish
talab qilinadi. Ammo bu investitsiyalar fan-texnika yangiliklarini joriy
etishga yuborilsa, kam resurs sarflab ko‘proq YAIM yaratish mumkin.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling