Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

I. ТAYANCH TUSHUNCHALAR
1. Mehnat resurslari.
2. Mehnat bozori.
3. Mehnat birjasi.
4. Ish haqi.
5. Mehnatning me’yoriy unumdorligi.
6. Mehnatga talab.
II. ТAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1. Mehnat resurslariga kimlar kiradi?
2. Mehnat bozorida kimlar ishtirok etadi?
3. Ishga yollanish qanday bitimlar asosida bo‘ladi?
4. Mehnatning bozor narxi deganda nimani tushunamiz?
5. Qachon qo‘shimcha ishchilar ishga olinadi?
6. Qanday qilib ish haqi mehnatga talab va uning taklifiga ta’sir etadi?
7. Qachon mehnat bozorida muvozanat hosil bo‘ladi?
8. Kim ishsiz hisoblanadi?
9. Ishsizlikning qanday sabablari bor?
III. MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI
1. Quyidagi jumlalardan tushirib qoldirilgan so‘zlarni to‘g‘ri topib
o‘rniga qo‘ying:
a) Mehnat resurslari bu ..................... kishilardir;
b) Mehnat bozorida ikki tomon qatnashadi.......... va ..........;
d) Ish haqi 3 qismdan iborat: 1).......... 2)........... 3)............;
e) Mehnatga talab, u keltiradigan ................ bog‘liqdir; f) Mehnat
taklifi  .............. bog‘liqdir;
g) Ishsizlik — bu .............. talabning qondirilmay qolishi bo‘ladi;
h) Ishsizlikning 5 ta asosiy shakli bor: 1)............ 2)........... 3)............
4)........  5)...........
2. Quyidagi savollarga javob topishga urinib ko‘ring:
7. Mehnat taklifi.
8. Mehnat bozoridagi muvozanat.
9. Ishsizlik.
10. Ishsizlik turlari.
11. Ishsizlik darajasi.


83
a) Band bo‘lganlar soni mehnat resurslaridan oz bo‘ladimi yoki ko‘p
bo‘ladimi?
b) Korxona egasi oldida muqobil tanlov bor: u 20 ta malakasi o‘rtacha
ishchilarni yoki 8 ta malakasi eng yuqori ishchilarni ishga olishi mumkin.
U qachon, qaysi tanlovni qiladi?
d) «A» mamlakatda aholi jon boshiga daromad 16 ming dollar, «B»
mamlakatda esa 800 dollar. Qayerda aholining o‘sishi ishsizlikning asosiy
sababi bo‘ladi va nima uchun?
e) Mavsumiy ishsizlik qayerlarda va nima uchun paydo bo‘ladi?
3. Quyidagi masalalarni yeching:
a) Kichik korxonada 40 kishi ishlab, yiliga 800 mln so‘mlik tovar
yaratar edi. Bozor kasod bo‘lib, mahsulotning 1/4 qismi o‘tmay qoldi.
Shunday sharoitda ishlovchilarning necha foizi ishsiz qolishi mumkin?
b) Korxonada 120 kishi ishlar edi. Har bir ishchiga yiliga 450 ming
so‘m ish haqi berilar edi, ishchi esa 150 ming so‘m foyda keltirar edi.
Korxonaga 10 ta yangi stanok sotib olindi, har bir stanok 1 mln so‘m
turadi va 5 yil xizmat qiladi, uni ishlatish 300 ming so‘m foyda keltiradi.
Shunday bo‘lsa nechta ishchi kerak bo‘lmay qoladi?
d)  Mamlakatda  ishsizlar  204  ming  kishi,  mehnatga  layoqatlilar
20 mln kishi, bandlik necha foizga teng?


84

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling