Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

9-BOB. IQТISODIY O‘SISH
9.1. Milliy iqtisodiyot tushunchasi
Iqtisod ilmida mikroiqtisod va makroiqtisodiyot degan tushun-
chalar qo‘llanadi. Biz ayrim firmalar, xonadon xo‘jaligi, bozorlarda
yuz beradigan iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ko‘rib o‘tdik, bu bilan
mikroiqtisodni o‘rgandik. Butun jamiyat, butun xalq xo‘jaligi dara-
jasidagi iqtisodiy jarayonlarni ko‘rib chiqsak, makroiqtisodiyotni o‘r-
gangan bo‘lamiz. Makroiqtisodiyot amalda milliy iqtisodiyot degani
bo‘ladi.
Milliy iqtisodiyot muayyan mamlakat mustaqilligining tayanchi
hisoblanadi. Mustaqillikka erishish milliy iqtisodiyotni yaratish va
rivojlantirishni bildiradi. Milliy iqtisodiyotning bir qator belgilari bor:
1. Milliy iqtisodiyot milliy mulkchilikka asoslanadi, ya’ni barcha
resurslar, yaratilgan tovarlar va xizmatlar, nihoyat, to‘plangan boylik
muayyan mamlakat xalqiga tegishli bo‘ladi.
2. Milliy iqtisodiyot milliy manfaatlarga xizmat qiladi, ya’ni
mamlakatning iqtisodiy qudratini oshirish, uning moddiy-ma’naviy
boyligini  ko‘paytirish  va  nihoyat,  xalqining  farovon  yashashiga
qaratiladi.
3. Milliy iqtisodiyot ochiq bo‘ladi, o‘z qobig‘iga o‘ralib, yakkalanib
qolmaydi, aksincha, keng ko‘lamda tashqi iqtisodiy aloqalarga, ya’ni
boshqalar bilan aloqa qilishga asoslanadi.
4. Milliy iqtisodiyot o‘zining taraqqiyot darajasi (qancha ishlab
chiqara olishi), tarkibiy tuzilishi (qanday soha va tarmoqlardan iborat
bo‘lishi)ga qarab boshqalardan ajralib turadi.
5. Milliy iqtisodiyot milliy resurslar, iqtisodiy an’analar, iqtisodiy
odatlar va ko‘nikmalarni o‘zida singdiradi.
Dunyoda  qancha  mamlakat  bo‘lsa,  shuncha  milliy  iqtisodiyot
bor, ularning yaxlitligi jahon iqtisodiyotini yuzaga keltiradi.
Hozirda milliy iqtisodiyot 3 guruhga ajraladi:
1. Rivojlangan.  2. Rivojlanishi o‘rta. 3. Rivojlanishi zaif. Ularda
2010-yil jon boshiga YAIM hajmi quyidagicha bo‘ldi – 37183 doll –
6780 doll, nihoyat 1246 doll.
Milliy  iqtisodiyot  darajasiga  xalq  farovonligi  bevosita  bog‘liq
bo‘ladi.


85

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling