Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


  Kichik  yoki  konyunktura  sikllari


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

3.  Kichik  yoki  konyunktura  sikllari  —  bu  bozordagi  talab  va
taklif  nisbatining  qisqa  vaqtda  o‘zgarishi  bilan  bog‘liq.  Bozordagi
talab  o‘zgarib  ketganda,  taklif  unga  javob  bermay  qo‘yadi,  narx
pasayib, eski tovarlarni chiqarish qulay bo‘lmay qoladi. Yangi tovarlar
chiqarilgach,  ularga  talab  hosil  bo‘ladi,  ishlab  chiqarish  ken-
gayadi.
Siklda 2 faza yoki bosqich bo‘ladi:
1. Retsessiya (lot. recessus — chekinish, qaytish) o‘z ichiga krizis
(ingl. krizis — tanglik) va depressiya (lot. depressio — pasayish), ya’ni
turg‘unlikni oladi. Krizis holatida ishlab chiqarish pasayadi, korxonalar
yopila boshlaydi, ishsizlik ko‘payadi, chunki tovarlarga talab qisqaradi.
Depressiya chog‘ida pasaygan ishlab chiqarish shu holatda qalqib turadi,
u  oshmaydi  ham,  kamaymaydi  ham.  Bunday  holat  abadiy  emas,
faqat  vaqti-vaqti bilan bo‘lib  turadi,  ammo  undan  chiqib  ketish  ham
mumkin.
2. Yuksalish retsessiyadan so‘ng keladi, unga jonlanish va bum
(ingl.  boom  —  tez  ko‘tarilish)  xos  bo‘ladi.  Тurg‘unlikdan  chiqish
uchun ishlab chiqarish bozordagi talabga moslashadi, qarz olib bo‘lsa-
da, investitsiya qilinadi, bozorbop tovarlar o‘zlashtiriladi, talab ortib,
ishlab chiqarishga turtki beradi, iqtisodiyotga jon kirib, u g‘imirlab
qoladi. Jonlanish ishlab chiqarishdagi bandlikni va sekin bo‘lsa-da,
unumdorlikni oshiradi, daromad ko‘payib, jami talab ortadi. Natijada
ishlab chiqarishning tez ko‘tarilishiga rag‘bat beriladi. Investitsiyalar
yana-da oshsa,  yangi bozorbop tovarlar ko‘payadi,  ular to‘xtovsiz
sotiladi. Mana shu bum degani bo‘ladi. Bum yuz berganda ishlab
chiqarish cho‘qqisiga chiqib, tanglikdan oldingi darajadan ancha ortib
ketadi.


93
Sikl fazalaridagi o‘zgarishni quyida keltirilgan chizmadan ham
ko‘rish mumkin:
Chizmaga binoan iqtisodiyot A nuqtadan B nuqta sari rivojlanib
kelgan, so‘ngra C nuqta tomon pasaygan. C va D nuqta oralig‘ida u
turg‘un  bo‘lib,  DE  oralig‘ida  jonlanib  ko‘tarila  boshlagan.  Shundan
so‘ng u M nuqta tomon rivojlanib, bum hosil etgan, M nuqtaga kelib
cho‘qqisiga chiqqan, so‘ng u pasayishga moyil bo‘lib, fazalar bo‘ylab
harakatni yana davom ettiradi. Demak, siklli harakat yana takrorlanadi.
Mana shu yo‘sinda iqtisodiy o‘sish yuz beradi. Siklli o‘sish mavjudligini
2008–2009-yilgi jahon krizisi tasdiqladi. Bu eng uzoq davom etgan va
chuqur krizislardan bo‘ldi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling